So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

18 jan 13:05
Yangiliklar

Tadbirlar

Farg'ona viloyatida ham ommaviy sport tadbirlariga etibor kuchaygan

Farg'ona viloyatining chekka hududlarida ham jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi salomatligini yanada mustahkamlash, ommaviy sport targ'ibotini kuchaytirish orqali aholining barcha qatlamlari orasida jismoniy madaniyatni shakllantirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Jumladan, dam olish kunlari Dang'ara tumanida IIBning tuman bo'limi, Jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda tumandagi “Arziktepa” mahalla fuqarolar yig'ini bilan hamkorlikda “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida 4-sektordagi uyushmagan yoshlar, faxriylar va bolajonlar o'rtasida uch avlod vakillari ishtirokida shaxmat va stol tennisi musobaqalari tashkil etildi.

SHuningdek, Dang'ara tumani jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi 3-sektorda mini-futbol bo'yicha “Hokim kubogi” musobaqasiga start berildi. Musobaqada 14 ta mahalladan 18-30 yoshgacha bo'lgan uyushmagan yoshlar ishtirok etishmoqda.

Viloyatning So'x tumanida ham jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, ayniqsa, futbolni ommalashtirish maqsadida tuman ichki ishlar bo'limi tashabbusi bilan sektorlar kesimida mini-futbol bo'yicha musobaqalarga start berildi.

Ayni kunda sektorlar kesimida musobaqalarning saralash bosqichi qizg'in davom etmoqda. Sektorlar kesimida finalga chiqqan jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritish uchun tuman markazidagi “So'g'diyona” sport majmuasida maydonga chiqishadi.

SHuningdek, tuman maktablarida ham sportni rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilayotir. Jumladan, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi bilan 23-sonli umumi o'rta talim maktabi o'quvchilariga sport anjomlari – voleybol va futbol to'plari sovg'a qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing