So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

20 sen 07:31
Yangiliklar

Bolalar sporti

Farg'ona viloyatida jismoniy tarbiya va sportga etibor qay darajada?

Teglar :  SportFag'ona
Farg'ona viloyatida 420 mingdan ziyod o'g'il-qiz 1 ming 600 dan ortiq sport inshootida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanmoqda.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yurtimizni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish maqsadida barcha hududlarda keng ko'lamli ishlar olib borilayotir. Davlatimiz rahbarining 5 ta muhim tashabbusidan biri aynan shu yo'nalishga qaratilgani ham buni yaqqol isbotlab turibdi. Farg'ona viloyatida 2019-2023 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish koncepciyasi asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Farg'ona viloyatining shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan 7 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 1 million 90 ming o'g'il-qizning sport turlariga bo'lgan qiziqishini aniqlash uchun so'rovnomalar o'tkazildi. So'rovnoma o'tkazish orqali sportga qiziqish bildirgan yoshlar ro'yxatlari shakllantirildi. Natijada umumtalim maktablari, kollej va akademik liceylar, oliy talim muassasalari, bolalar-o'smirlar sport maktablari va boshqa sport inshootlarida 42 sport turi bo'yicha 3 ming 288 qo'shimcha sport to'garagi tashkil etildi. SHuningdek, 1 ming 600 dan ortiq sport inshootiga 420 mingdan ziyod yosh qamrab olindi.

– Prezidentimiz raisligida 4 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ko'tarilgan masalalar, berilgan topshiriqlar asosida tizimda amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalarni belgilab oldik, – deydi viloyat xalq talimi boshqarmasi boshlig'i Marufjon Turdimatov. – Viloyatimiz bo'yicha barcha umumtalim maktablarining sport inshootlari holati, quvvati va jihozlanishi xatlovdan o'tkazildi. 919 maktabning 768 tasida sport zali, shuningdek, barcha talim muassasalarida basketbol, voleybol, futbol, gandbol, mini-futbol maydonchalari va tennis kortlari mavjudligi aniqlandi. 46 mingdan ortiq yoshni jalb etish uchun qo'shimcha 151 sport inshootiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Bugungi kunda ushbu yoshlar turli sport tadbirlari va musobaqalarga jalb etish orqali qamrab olinmoqda.

SHuningdek, trenerlarga bo'lgan ehtiyoj ham aniqlanib, 87 trener 2019-2020 yillarda maxsus talim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo'nalishi hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining bitiruv malakaviy amaliyotini o'tash hisobiga qoplanadi.

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarning boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan keng foydalanish maqsadida Olimpiya o'yinlari g'oliblari, jahon va Osiyo chempionlari bo'lgan 19 sportchi tuman va shaharlarga biriktirildi. SHuningdek, 2 nafar shunday sportchi sport maktablarining rahbarlik lavozimiga tayinlandi.

Umumtalim maktablari o'quvchilarini ommaviy sport bilan shug'ullanishga jalb etish maqsadida maktablarda harakatli o'yinlar, engil atletika, mini-futbol, futbol, basketbol, voleybol, gandbol, badminton va stol tennisi turlaridan to'rt bosqichda 1-4 sinf o'quvchilari o'rtasida “Bolajonlar sport jamoalari” hamda 5-9 sinf o'quvchilari o'rtasida “Yoshlik sport jamoalari” sport musobaqalarining quyi bosqichlari o'tkazilda hamda mazkur musobaqalarda 332 mingdan ortiq o'quvchining ishtiroki taminlandi.

Sportning ommaviyligini yanada oshirish maqsadida bugungi kunga qadar aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, uyushmagan yoshlar, oilalar o'rtasida 4 mingdan ortiq sport tadbirlari va musobaqalari o'tkazildi. Mazkur musobaqalarda 280 mingdan ziyod fuqaro ishtirok etdi.

Katta yoshdagi aholi qatlamini ham jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish borasida asosan umumtalim maktablarining sport inshootlari bazasidan foydalangan holda yo'lga qo'yish choralari ko'rilmoqda. Bunda maktablarning sport inshootlaridan soat 16:00 dan 21:00 gacha, dam olish kunlari esa ertalabdan kechgacha 46 mingdan ortiq aholini, shu jumladan, band bo'lmagan yoshlarni sport bilan shug'ullanishga jalb etildi.

Yangi o'quv yilidan boshlab trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo'lgan umumtalim maktablarining jismoniy tarbiya fani o'qituvchilaridan 50 nafari o'rindoshlik asosida sport maktablariga ommaviy sport turlari bo'yicha trener-instruktor lavozimiga ishga qabul qilindi.

Joriy yilning may oyidan boshlab viloyatdagi 1 ta shahar va 2 ta tumanda 5 ta tashabbusni ro'yobga chiqarishni namunali tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mazkur shahar va tumanlardagi sport maktablari tashabbuskorlar tomonidan tamirlanib, zarur sport jihozlari bilan taminlandi, shuningdek, tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan har bir hududda 3 tadan xususiy sport inshooti barpo etilmoqda.

Albatta, bazi joylarda mazkur sohaga jiddiy etibor qaratilmay, sport inshootlari o'z holiga tashlab qo'yilgan. Ayrim umumtalim maktablarida sport jihozlari etishmaydi yoki manan eskirgan. Sport musobaqalari ham nomigagina tashkil etilayotgan bo'lib, umidli sportchilarni tarbiyalash va rag'batlantirish talabga javob bermaydi. Davlatimiz rahbarining mazkur muammolarga etibor qaratgani ham, albatta, soha rivojida muhim ahamiyatga egadir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing