So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 0 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

11 dek 14:45
Yangiliklar

Kurash

Farg'onada belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi

8-10 dekabr kunlari Farg'ona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida belbog'li kurash bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar (U-20) o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidan o'rin olgan ushbu musobaqada mamlakatamizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yosh polvonlar g'oliblik yo'lida gilamga chiqishdi. 

Musobaqaning birinchi kuni dastlab tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Farg'ona viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Hakimov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikovlar ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi. 

Musobaqa reglamentiga muvofiq, o'g'il bolalar belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa belbog'li kurashning erkin yo'nalishida 7 ta vaznda kuch sinashishdi. 

Murosasiz o'tgan ikki kunlik bellashuvlarning yakuniy natijalariga muvofiq, quyidagi polvonlar o'z vazn toifalarida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. 

O'g'il bolalar (belbog'li kurash yo'nalish) 

46 kg. Samandar Burhonov (Jizzax), 50 kg. Qosimjon Xudoyberdiev (Sirdaryo), 55 kg. Umarali Akbaraliev (Toshkent v.), 60 kg. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon), 65 kg. Kamonmirzo Usmonaliev (Namangan), 71 kg. Muhammadyahyo Muhammadnosirov (Farg'ona), 77 kg. Sardor Abdumuxtorov (Farg'ona), 83 kg. Diyor Tursunboev (Namangan), 90 kg. Asadbek Saidakbarov (Toshkent sh.), 100 kg. Rizo Rahmonov (Toshkent v.), +100 kg. Ilyosbek Mirzahmatov (Toshkent v.). 

Qizlar (erkin yo'nalish)  

44 kg. Moldir Alimbaeva (Qoraqalpog'iston), 48 kg. O'g'iloy Turg'unpo'latova (Namangan), 52 kg. Kamola Orifjonova (Sirdaryo), 57 kg. Julduz Karazova (Qoraqalpog'iston), 63 kg. Sevinch SHahobiddinova (Toshkent v.), 70 kg. Sevara Sajenova (Qoraqalpog'iston), +70 kg. Durdona Nabijonova (Namangan). 

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

46 kg. Jamoliddin Rahmonaliev (Andijon), 50 kg. SHahriyor Muqimov (Farg'ona), 55 kg. Hayot Kamoliddinov (Farg'ona), 60 kg.  Sohibjon Boymatov (Toshkent sh.), 65 kg. Asadbek Ergashaliev (Toshkent sh.), 71 kg. Kamoliddin Qurbonaliev (Andijon), 77 kg. Arslonboy Matkarimov (Farg'ona), 83 kg. Ulug'bek Ruhiddinov (Namangan), 90 kg. Muhammadqodir Rizaev (Farg'ona), 100 kg. Baxtiyor Sangirov (Sirdaryo), +100 kg. Boburbek Madaminov (Farg'ona). 

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing