So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

12 apr 09:35
Yangiliklar

Boshqalar

Farg'onadagi Olimpiya zaxiralari kollejida 4 milliard so'mdan ortiq pulni qimorga tikib yuborishdi

Teglar :  Farg'ona
Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi malumot berdi.

Prokuratura idoralari tomonidan sport sohasiga yo'naltirilgan byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishi ahvoli tizimli ravishda o'rganib borilmoqda.

SHunday o'rganishlarning birida, Farg'ona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisining kirdikorlari fosh etildi. 

U egallab turgan lavozimdan g'araz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021 yillar davomida o'ziga asossiz ravishda jami 4 mlrd. so'm ish haqi va ustama yozib olgan.

SHuningdek, kollej o'qituvilari nomiga bank plastik kartalari ochib, ularga 310 mln. so'm byudjet mablag'larini o'qituvchilarga bildirmasdan o'tkazib olgan. 

Bosh hisobchi talon-taroj qilgan jami 4,3 mlrd. so'm mablag'larni internet tarmog'i orqali qimor o'yinlariga tikib, sarf qilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan bosh hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) va 209 (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. 

Gumonlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Tergov davom etmoqda. 

Reyting: -2   

Fikrlar

+1   
12 apr 09:47:16
Akrammjon SHermatov
Ta'limdan dinni uzoqlashtirishning oqibati shu. Birovni haqqidan qo'rqqanida shu ishni qilmasdi. Xaromdan qo'rqqanida shu ishni qilmasdi.
Silaram shu postni tagida mostbetni reklama qilib otiribsila. Keyin yana daxshat deyish bu noto'g'ri.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing