So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

25 dek 08:48
Yangiliklar

Tadbirlar

Faxriylarimiz doimo izzat-hurmatda

Teglar :  MOQFaxriylar
O'zbek sportchilarining bugunga kelib jahon arenalarida qayd etayotgan natijalarida sportimiz faxriylarining ham o'ziga yarasha o'rni bor.

Aynan ularning boy tajribasi, yaratgan maktabi sabab bir qator sport turlarida tom manoda aytishimiz mumkin bo'lgan o'zbek modeli shakllanib bo'ldi. Buning uchun, albatta, faxriylarimizga cheksiz minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida yurtimiz aholisining barcha ijtimoiy qatlami qatori faxriylarimiz ham doimiy etiborimizda bo'lib kelmoqda. Bayram arafasi o'zbek sporti faxriylari bugun MOQ majlislar zalida jam bo'lishdi. Tadbirda shuningdek, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitovlar ishtirok etishdi.

“Barchangizni sog'-salomat ko'rib turganimizdan xursandmiz. Ko'ksingizni bezab turgan orden va medallar Sizlarning uzoq yillik mehnatingiz ifodasi. O'z vaqtida katta mehnat va shijoatingiz bilan yurtimiz sharafini munosib himoya qilgansiz. Ko'plab shogirdlar tarbiyalangansiz. Bu yil barcha uchun juda og'ir kechdi. Afsuski, Sizlarga uzoq vaqt etakchilik qilgan, o'zbek sporti rivojiga o'z umrini bag'ishlagan Komiljon aka Xudoyberganov safimizni tark etdilar. Ammo biz ishlashdan aslo to'xtamaymiz va bundan buyog'iga ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda O'zbekiston sport faxriylari kengashiga har tomonlama yordam beramiz. Biz barchamiz bir jamoamiz. Qolaversa Sizlar o'zbek sportining “oltin genofondisiz”. Kirib kelayotgan yangi yil barchangizga qutlug' bo'lsin”, – dedi MOQ raisi.

Tadbirda Bahodir Maxsitov va Ravshan Irmatov ham faxriylarimizga o'zlarining iliq dil-izhorlarini yo'llab qolishdi. SHundan so'ng tadbirning asosiy qismi – faxriylarimizni qutlash marosimiga navbat berildi. Ravshan Irmatov o'zlarining mehnati bilan etibor qozongan va ko'plab shogirdlar etishtirgan taniqli mutaxassislar – Aleksandr Istomin hamda Gennadiy Feoktistovlarni “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirladi. SHundan so'ng barcha ishtiroklarga MOQ hamda O'zbekiston sport faxriylari kengashi tomonidan tayyorlangan pul mukofotlari hamda “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishonlari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing