So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

29 apr 18:40
Yangiliklar

Tennis, Futbol, Qiziqarli!

Federer, Nadal, Jokovich qaysi futbol klubiga muxlislik qiladi yohud klublarning eng mashhur muxlislari

Dunyoda futbolni yoqtirmaydigan insonlar kamchilikni tashkil qiladi.

Jahonning eng mashhur sportchilari ham futbolning shaydosi ekanligi ajablanarli emas. Sayyoramizning eng kuchli tennischilari qaysi futbol klubiga muxlislik qilishlarini bilasizmi? Biz sizga "Kuchli uchlik" va jahonning eng mashhur tennis yulduzlarining sevimli jamoalari nomini malum qilamiz. Ro'yxatni o'z rekordlarini o'zi yangilayotgan tennischi Rafael Nadaldan boshlaymiz. 


Rafael Nadal (Ispaniya)

Sevimli klubi: "Real Madrid"

"Katta Dubulg'a" turnirlarining 21 karra chempioni, ispaniyalik Rafael Nadal "Real Madrid" klubi muxlisi ekanligi ko'pchilikka malum. U bolaligidan "Qirollik klubi"ning ashaddiy muxlisi bo'lib kelgan. Tennischi "Real"ning ko'plab yulduzlari bilan yaqin do'st. U sevimli jamoasi ishtirokidagi barcha muhim o'yinlarda "Santyago Bernabeu"dan turib qo'llab-quvvatlashga harakat qiladi. SHuningdek, klubdagi do'stlari ham Rafani o'yinlarini ko'llash uchun turnirlarga tashrif buyurib turishadi. Birgina misol, "Real" futbolchilari 2019 yilda tennis bo'yicha Mutua Open turnirida Rafani kortning o'zidan qo'llab-quvvatlashgan. O'shanda u erda Luka Modrich, Serxio Ramos, Keylor Navasni va xatto afsonaviy Ronaldoni uchratish mumkin edi. SHuningdek, Krishtiano Ronaldo "Qirollik klubi"da to'p tepgan vaqtlarida har yili do'stini qo'llash uchun kortga tashrif buyurardi. Bundan tashqari Florintina Peres ham Nadalning o'yinlarini bir necha marotaba arenadan kuzatib borgan.

"Real Madrid" va Rafa o'rtasidagi iliq munosabatning yana bir isboti sifatida uning klub prezidenti Florentino Peres bilan aloqalarini aytish mumkin. Florentino Peres Nadalni hurmat qilishini va Rafa har doim uni lol qoldirishini takidlaydi. Peres 2019 yilda kelajakda Nadal "Real Madrid"ning prezidenti bo'lishiga ishonishini aytgan. "Qaymoqranglilar" rahbari Nadalni nafaqat klubning eng yaxshi elchilaridan biri deb biladi, balki uni o'zining vorisi sifatida ham ko'radi: “Men Nadalni barcha davrlarning eng yaxshi ispaniyalik sportchisi deb bilaman. Buning sababi u "Real Madrid"ga muxlislik qilgani uchun emas uning xizmatlari katta va hurmatga loyiqligida. Men kelajakda Nadal "Real" prezidenti bo'lishiga ishonaman"-degandi Peres.

SHuningdek, Nadal 2011 yilda Madrid jamoasining faxriy prezidenti bo'lgandi. Oradan bir necha yillar o'tganidan so'ng Nadalni balki "Qirollik klubi" prezidenti sifatida ko'rarmiz. 


Rojer Federer (SHveycariya)

Sevimli klubi "Bazel"

"Ulkan Toj" turkumidagi turnirlarning 20 karra chempioni Rojer Federer "Bazel" futbol klubining eng mashhur muxlisidir. U bolaligidanoq o'z shahri jamoasini qo'llab-quvvatlab keladi. Federer sevimli jamoasining o'yinlarida his-tuyg'ularini yashira olmaydi. U uchrashuvlarni asabiy holatda tomosha qiladi va ko'p baqiradi. Rojer sevimli jamoasining futbol o'yinlarida o'zini yana boladek his qilishini tan olgan.

Federer "Bazel"ning o'yinlarini tomosha qilish va qo'llab-quvvatlash maqsadida tez-tez stadionga tashrif buyuradi. U intevyularidan birida agar tennischi bo'lmaganida futbolchi bo'lishini takidlagan.


Novak Jokovich (Serbiya)

Sevimli klubi: "Milan" (Italiya)

"Katta Dubulg'a" turnirlarining 20 karra chempioni serbiyalik Novak Jokovich Italiya klubiga muxlislik qiladi. Bolaligida tennischining otasi bir kuni butun oilani televizor qarshisiga yig'di va oila futbol tomosha qilishdi. Novakning akalari "Milan"ga muxlislik qilishardi va uni ham jamoaga muxlislik qilishga amalda majbur qilishdi. Jokovichga bunday qarashlar yoqdi va shu bilan u italyan klubiga mehr qo'ydi. Klubga bo'lgan muhabbat keyinchalik so'nib qolmadi va u “rossonerilar”larning ashaddiy fanatiga aylandi. SHundan so'ng, u tez-tez o'yinlarga tashrif buyuradigan bo'ldi, "Milan" esa odatda tennischi borgan o'yinlarda mag'lub bo'lmaydi. 

Novak shuningdek, Serbiyaning "Crvena Zvezda" va Portugaliyaning "Benfika" jamoalarini ham kuzatib boradi va qo'llab-quvvatlaydi.

2014 yilning 30 dekabrida Jokovich "Dubai Football Challenge" doirasida bo'lib o'tgan  "Milan" va "Real Madrid" o'rtasidagi o'yinda ishtirok etib, to'pni o'yinga kiritib bergan.


Endi Marrey (Buyuk Britaniya)

Sevimli klubi: "Xaybernian" (SHotlandiya) 

Jahonning sobiq birinchi raketkasi Endi Marrey haqiqiy britaniyaliklar kabi futbolni yaxshi ko'radi. U akasi Jeymi singari SHotlandiyaning "Xaybernian" klubiga muxlislik qiladi. Ularning bobosi bir vaqtlar shu klubda o'ynagan. Endi ham futbol bilan shug'ullangan. Faqat u 15 yoshigacha futbol o'ynagan.

"Yoshligimda juda ko'p futbol o'ynaganman, lekin 14-15 yoshimda tennis yoki futbol o'rtasida tanlov qilishimga to'g'ri keldi. Ikkalasini ham davom ettirish, ikkalasiga ham etarlicha vaqt ajratish qiyin edi. Lekin futbolda men sog'inadigan narsalar ko'p",-deya eslaydi tennischi.

Marrey sevimli klubini doim har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Tenischi 2018 yilda "Xibernian" futbol klubi akademiyasiga homiylik qilishini malum qildi.

"Bobom o'z vaqtida shu klub safida to'p tepgan. Oila azolarimiz esa jamoaga muxlislik qilishadi. SHundan kelib chiqib men ham "Xaybernian"ga yordam bermoqchiman. Menga klub infratuzilmasi, u erda ishlaydigan insonlar yoqadi. Yangi istedodlarning kashf etilishiga hissa qo'shishdan baxtiyor bo'laman", - degandi Marrey.

Marrey shuningdek, 2015 yili Joze Mourino bilan tushgan suratini Instagram sahifasiga joylagandi.


Dominik Tim (Avstriya)

Sevimli klubi: "CHelsi" (Angliya)

Jahonning sobiq uchinchi raketkasi Dominik Tim Londonning "CHelsi" klubi ashaddiy muxlisidirAvstriyalik tennischi dunyoning qaysi nuqtasida bo'lishidan qati nazar, sevimli jamoasining barcha o'yinlarini kuzatib borishga harakat qiladi. U ingliz klubining turli xil atributlarini yig'ishni yaxshi ko'radi: sharflar, shlyapalar, futbolchilarning formalari. U "CHelsi" formasiga o'z ismi yozdirilgan formasini Instagram sahifasiga ham joylagan. Tim o'zini "Timino" deb ataydi. Aynan shu laqabni u "CHelsi" libosiga yozdirgan.

“Futbol men uchun ishtiyoq. "CHelsi"ning o'yinlarini o'tkazib yuborsam o'zimdan juda xafa bo'laman",-degan Tim intervyularining birida.


Tomash Berdix (CHexiya)

Sevimli klubi: "Manchester Yunayted" (Angliya)

CHexiyalik tennischida sevimli klubi ramzi tushirilgan qimmatbaho soatlar to'plami mavjud. U "Manchester Yunayted"ning muxlisi. Tennischi "Yunayted"ning o'yinlarini klub formasini kiygan holda tomosha qiladi. Tomas o'zini "Manchester Yunayted"ning ashaddiy muxlisi deb ataydi. U ko'plab futbolchilar bilan tanish. Berdix 2013 yilgi "Uembli"da bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi finalidagi "Barselona"ga qarshi o'yinni o'zi ishtirok etgan eng muhim bahs deb hisobaydi. 

“Biz faqat televizorda futbolchilarning o'yinlarini ko'rishimiz mumkin. Stadionda tomosha qilishga esa vaqtimiz kam. Futbolchilar bilan uchrashish, suhbatlashish va esdalik sovg'alarini almashish juda yoqimli. Bu juda ajoyib",-deya xotirlaydi Tomash sevimli jamoasining futbochilari bilan uchrashuvdan so'ng.


Daniil Medvedev (Rossiya)

Sevimli klubi: "Bavariya"

Jahonning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedev Germaniyaning "Bavariya" klubiga muxlislik qiladi. 

“Men 12 yoshligimda futbol va "Bavariya"ni sevib qolganman. Hozirgacha men Myunxen klubining har bir o'yinini qoldirmay kuzatib boraman. Vaqtim bo'lsa, o'yinlarni onlayn tomosha qilishga harakat qilaman. Mening sevimli futbolchimga kelsak - bu, Levandovski. U meni hayratda qoldiradi. Bugun biz o'yinchilarni Instagramda kuzatib borish va ular nima qilayotganini ko'rish imkoniga egamiz. Men Levandovskini jismoniy formasi uchun yanada qattiq hurmat qilaman. Men tennisda ham xuddi shunday yondashuvga amal qilishga harakat qilaman. Krishtianu Ronaldu bunga yana bir misol", - degandi Medvedev o'tgan yili uning sevimli futbol klubi qaysi ekanligi so'rashganida.

2020 yili mavsumning so'ngi turniri ATP Finals'dagi Daniil Medvedevning g'alabasidan so'ng "Bavariya" klubi o'z Twitter sahifasida tennischini chempionlik bilan tabriklab, post joylashtirdi. 


Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing