So’nggi yangiliklar

19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0

11 jan 19:46
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Fedor Team" jangchilari Bellator'ni zabt etishmoqda. Moldavskiy Beyderdan Emelyanenko uchun o'ch olmoqchi

Rayan Beyder hech qachon hozirgidek muvaffaqiyatsizlikka uchramagan. Valentin Moldavskiy undan so'nggi kamarni tortib olmoqchi.

30 yanvar tongida Feniks shahrida (AQSH, Arizona shtati) Bellator 272 turniri bo'lib o'tadi. Musobaqaning asosiy jangi amaldagi chempion Rayan Beyder va vaqtinchalik chempion Valentin Moldavskiy o'rtasida tashkil etiladi. Amaldagi chempion Rayan uch oy oldin Bellator 268 turniri, yarimog'ir vazn toifasi Gran-Prisi 1/2 finalida Kori Andersondan birinchi raunddayoq nokautga uchragan edi. Endilikda Rayan bor etibor og'ir vaznda Moldavskiy bilan jangga qaratadi.


Jang vaqti aniq

Janglarga Toshkent vaqti bilan soat 5:00ga yaqin start beriladi va taxminan ikki soatdan so'ng turnirning asosiy kard janglari boshlanadi.


Bellator 272 kardi

Turnirda yana bir rossiyalik jangchi, Islam Mamedov ham ishtirok etadi. U yaqinda Brent Primusga mag'lub bo'lgan Benson Xenderson bilan jang qiladi. O'tgan yozda Primus Mamedovga yutqazgan edi. Qizig'i shundaki, Primus engil vazn reytingida ikkinchi, Islam esa ettinchi o'rinda bormoqda. Agar Islam Bensonni mag'lub etsa, katta ehtimol bilan Primus va Usmon Nurmagomedovni ortda qoldiradi.


Asosiy janglar

Rayan Beyder - Valentin Moldavskiy

Benson Xenderson - Islom Mamedov 

Genri Korrales - Eyden Li

Sabah Homasi - Jalil Uillis


Dastlabki janglar

Derrion Kolduell - Enrike Barsola

Lukas Brennan - Ben Lugo

Saad Avad - Kris Gonsales

Beder Almeyda - Ben Rayt

Romero Kotton - Josh Rayt

Sallivan Koli - Ben Perrish


Beyderning hukmronlik davri yakun topish arafasida

Rayan Beyder xozirda 38 yoshda. Vadim Nemkov va Kori Andersonga so'nggi mag'lubiyatlari, Beyderga og'ir vazndan ko'ra bitta pastdagi vazn toifasi raqobatbardosh ekanligini isbotladi.

Yana bir bor amin bo'ldikki, vaqt hech kimni ayamas ekan. Yaqinda Dueyn Beyder vazn toifasidan qati nazar, eng yaxshi jangchilar reytingida deyarli eng yuqori pog'onada turar edi. Hozir u kuchli o'ntalikda. Dastlab u yarimog'ir vaznda chempionlik kamarini Vadim Nemkovga boy berdi. Keyin Rayan chempionligini qaytarib olish imkoniyatiga ega edi, biroq Bellator 268 turniri yarim finalida sobiq UFC jangchisi Kori Anderson tomonidan nokautga uchradi. SHunday qilib, Dueyn yarimog'ir vaznda chempionlik poygasidan chiqdi. Endi u bor etiborini og'ir vaznga qaratsa ham bo'laveradi. Unutmasligimiz kerak-ki, Rayan g'alabalarining 43 foizini nokaut bilan qo'lga kiritgan. Moldavskiy bilan jang amerikalikning faoliyatida xal qiluvchi palla bo'ladi.


Emelyanenko va Nemkov jangga tayyorgarlik ko'rishda hal qiluvchi omil bo'ladi

Valentin Moldavskiy vaqtinchalik chempionlikka qadar to'rt yil sekin va ayyorona kadam bosgan bo'lib, bu vaqt ichida u oltita jang o'tkazigan. Linton Vassel, Roy Nelson, Xavi Ayala va Timoti Jonsonni mag'lub etgan. Valentin 29 yoshda va u Fyodor Emelyanenko jamoasida to'g'ridan-to'g'ri “so'nggi imperator”ning rahbarligi ostida rivojlanishda davom etmoqda. Bundan tashqari, rossiyalik jangchning ixtiyorida mashg'ulot uchun nafaqat sparring sheriklari, balki Beyder bilan jang qilgan Fyodor Emelyanenko va Vadim Nemkovlar ham bor. Bordiyu, Moldavskiy chempionlik uchun kurashda mag'lub bo'lsa, Emelyanenko Rayan Beyderning navbatdagi raqibiga aylanishi xam mumkin.

Moldavskiyni faoliyatidagi eng qiyin jang kutmoqda. Og'ir vaznda jang natijasi taqdirini soniyalar ham xal qilib qo'yadi. Katta ehtimol bilan Beyder Valentinning zaif joyidan, yani "stoyka"dan foydalanishga harakat qiladi. Biroq, Valentin buni juda yaxshi biladi va uni to'xtatishga urinadi. Jang besh raundga mo'ljallangan bo'ladi. 


Beyder - Moldavskiy jangining onlayn translyaciyasini qaerda ko'rish mumkin?

Asosiy jang translyaciyasi Toshkent vaqti bilan taxminan 9:00 da boshlanadi va "Okko Sport" videoxizmatida kuzatish imkoniyati mavjud bo'ladi. 


championat.com sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing