So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

03 avg 10:10
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Fukuoka-2023 Xitoy uchun o'z tarixidagi eng yaxshi, AQSHga esa aksincha, eng yomon musobaqaga aylandi

Xabaringiz bor, 14-30 iyul kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqa mazkur yo'nalishda dunyoning eng kuchli jamoasi deb etirof etiladigan AQSH termasi uchun tarixdagi eng yomon natija sifatida yodda qoldi. Xitoy termasi esa aksincha, medallar jamg'arish bo'yicha katta raqamlar bilan “taxt”ga chiqdi.

Xitoy o'z tarixida ilk bor musobaqani 20 ta oltin medal bilan tugatdi. Qitadoshlarimiz hisobida yana 8 ta kumush va 12 ta bronza medallari ham mavjud. SHubhasiz, bu umumjamoa hisobidagi eng yaxshi ko'rsatkich. CHin o'lkasi vakillari shu paytgacha bazi dunyo birinchiligida bir necha bor umumjamoa hisobida peshqadamlik qilgan bo'lsa ham, hech qachon oltin medallar soni 20 taga etmagan. Yana sanoqli kunlardan so'ng Xitoy o'zida Osiyo o'yinlarini qabul qiladi. Jahon chempionatida shunchalik shov-shuv ko'targan jamoa o'z uyidagi “qita Olimpiadasi”da nimalar qilishi kutilayotganini tasavvur qilavering.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallagan Avstraliya ham katta o'sishga erishdi. “Yashil qita” vakillari 15 ta oltin, 9 ta kumush va 6 ta bronza bilan xitoyliklardan so'ng ikkinchi bo'lishdi. SHu paytgacha bir jahon chempionatida ko'pi bilan 6 ta oltin medal olgan jamoa keskin burilish bilan bu raqamlarni 15 taga oshirib yubordi. Qolaversa, musobaqa davomida o'rnatilgan 10 ta jahon rekordining teng yarmi avstraliyalik suzuvchilar ulushiga to'g'ri keladi.

Amerikalik sportchilar musobaqa davomida atigi 7 ta oltin medal qo'lga kirita olishdi xolos. Aslida bu raqam ko'plab jamoalar uchun orzu hisoblanadi. Biroq har mundial va Olimpiya o'yinlarida ushbu yo'nalish evaziga salmoqli natija qayd etadigan davlat uchun bu yomon natija. AQSH tarixda faqatgina 1994 yilgi dunyo birinchiligida 7 ta oltin medal olgan. O'sha davrlarda medallar o'ynaladigan dasturlar ancha kam bo'lgani (45 ta), Fukuokada 75 ta medallar jamlanmasi o'ynalganini inobatga olsak, bu yilgi natijani eng yomoni deyish mumkin. SHuningdek, terma jamoa 22 ta kumush va 15 ta bronza medallarini ham qo'lga kiritgan. Bu umumjamoa hisobida uchinchi natija.

Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi sinxron suzish va ochiq dengizda suzish dasturlarida ishtirok etdi. Yosh yurtdoshlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olisholmagan bo'lsalar ham, kelgusidagi faoliyatlari uchun katta tajriba to'plashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing