So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

26 okt 11:11
Yangiliklar

Bolalar sporti

Futbol akademiyasida kitobxonlik kechasi

Teglar :  Kitobxonlik
25 oktyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi Qashqadaryo viloyati bolalar – o'smirlar futbol akademiyasida "Kitob manaviyat sarchashmasi" nomli kitobxonlik tadbiri bo'lib o'tdi.

Futbol akademiyasi  faollar zalida bo'lib o'tgan mazkur kitobxonlik badiiy kechasida o'quvchilar, murabbiylar, shoir va yozuvchilar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Kitobxonlik tadbirida ishtirok etgan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi rahbari, shoir O'roz Haydar, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, “SHuhrat” medali sohibi, shoira Nilufar Umarova hamda yosh va umidli yozuvchi Nafisa Davronlar o'z ijodlaridan namunalar o'qib berishdi. Kitobning inson manaviyati yuksalishidagi beqiyos o'rni haqida takidlab o'tildi.  SHuningdek,  akademiya tarbiyalanuvchilari ham  yurtni tarannum etish va boshqa ezgu-maqsadlarga evrilgan  mavzularda o'qigan va yod olgan sher va hikoyalardan aytib berishdi. Tadbir so'nggida esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi tomonidan futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari uchun kitoblar sovg'a qilishdi.

Nurali SULTONOV, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatagan yoshlar murabbiyi”,  O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi Qashqadaryo viloyati bolalar – o'smirlar futbol akademiyasi direktori: - Ertamiz egalari bo'lgan yoshlarimizni ham manan, ham jismonan barkamol bo'lib voyaga etishlarida kitobning o'rni beqiyos. Dastur – rejamizga muvofiq bo'lib o'tgan mazkur kitobxonlik kechasida ishtirok etgan o'quvchilarimiz taklif etilgan yozuvchi-shoirlarimiz ijod namunlarini diqqat-etibor bilan tinglaganlari,  qiziqtirgan savolllariga munosib javoblar olgani kitobga bo'lgan mehrini yana bir bor oshirdi, deb o'ylayman.  

Ilhom RAHMONOV


Reyting:    

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing