So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

10 may 07:24
Yangiliklar

Gandbol

Gandbol: o'smirlar va qizlar terma jamoalari o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qatnashmoqda

Teglar :  O'zbekistonGandbol
SHu kunlarda gandbol bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan O'zbekiston o'smirlar va qizlar terma jamoalari Urganch va Nukus shaharlarida navbatdagi o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazishmoqda.

20 mayga qadar davom etadigan mazkur yig'in yosh gandbolchilarimiz uchun joriy yil noyabr oyida Xitoyning SHantau shahrida bo'ladigan o'smirlar o'rtasidagi III yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'tab beradi.

Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inlariga 24 nafar o'smirlar hamda 26 nafar qizlar jalb etilgan. Yosh sportchilarimizning mashg'ulotlarini esa naqd 10 nafar malakali trenerlar nazorat qilib borishmoqda.

O'quv-mashg'ulotlar yig'ini O'zbekiston gandbol federaciyasi hamda homiy tashkilotlar yordamida tashkil qilinib, sportchilarga barcha sharoitlar, jumladan zamonaviy sport majmualari, trenajyor zali, basseyn, yotoqxona, farmakologiya hamda bo'sh paytlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratib berilgan.

O'quv-mashg'ulot yig'inidan so'ng har ikkala jamoa 21-27 may kunlari Nukus shahrida o'tkaziladigan O'zbekiston kubogi bahslarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston gandbol federaciyasi o'smirlar III yozgi Osiyo o'yinlariga puxta hozirlik ko'rish maqsadida o'smirlar va qizlar terma jamoalarini mamlakat chempionati va Kubogi musobaqalarida konkursdan tashqari qatnashishiga ruxsat bergan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing