So’nggi yangiliklar

10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0

08 mar 14:43
Yangiliklar

Gandbol

Gandbolchi qizlarimiz Pokistondan oltin medallar bilan qaytishyapti + FOTO

Teglar :  GandbolO'zbekiston
2-6 mart kunlari Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo'yicha qizlar o'rtasida ikki yosh toifasida IHF Trophy - Central Asia Zone III (IHF Kubogi - Markaziy Osiyo III mintaqasi) bo'lib o'tdi.

Pokiston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston terma jamoalari qatnashgan mazkur musobaqa mamlakatimiz terma jamoalarining g'alabasi bilan nihoyasiga etdi. 

Xususan, o'zbekistonlik gandbolchi qizlar 2006 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshlilar (U-18) hamda 2004 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagilar (U-20) birinchiliklarida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishga muvaffaq bo'lishdi. 

Etiborli jihati, jamoalarimiz bironta uchrashuvni boy bermay, yuz foizlik ko'rsatkich bilan g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Kezi kelganda aytib o'tish joiz, U-20 qizlar terma jamoamiz turnirda raqibalari darvozasini 261 marotaba aniq nishonga olib, o'z darvozasidan 50 ta to'p o'tkazib yubordi. To'plar farqi +211 tani tashkil qildi. U-18 qizlar jamoasining kiritgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati 212-42 ko'rinishda bo'ldi, farqi +170 ta.

IHF Kubogi - Markaziy Osiyo III mintaqasi birinchili. Yakuniy o'rinlar:

2006 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshli qizlar birinchiligi. 1-o'rin. O'zbekiston. 2-o'rin. Pokiston. 3-o'rin. Tojikiston.

2004 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshli qizlar birinchiligi. 1-o'rin. O'zbekiston. 2-o'rin. Pokiston. 3-o'rin. Tojikiston. 

SHu tariqa, ikkala yosh toifasidagi O'zbekiston terma jamoalari oltin medal sohibiga aylanishdi. Buning barobarida, IHF kubogining Osiyo qitasi bosqichi yo'llanmasiga ham ega chiqishdi.

Ikrom Xudoyberganov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing