So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

04 sen 17:28
Yangiliklar

O'q otish

Germaniya terma jamoasida ishlayotgan hamyurtimiz bilan onlayn seminar o'tkazildi

Teglar :  O'q otishGermaniya
O'zbekiston kamondan otish federaciyasi tashabbusi bilan Germaniyada faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik trener Butuzova Natalya Anatolevna bilan onlayn seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan trener hamda sportchilar, shu bilan bir qatorda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan vakillar ishtirok etishdi.

Butuzova Natalya Anatolevna asli O'zbekistoning Buxoro viloyatidan bo'lib, 1980 yil Moskvada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarining sovrindoridir. Uni O'zbekistonda kamondan otish sport turini rivojlanishida o'z hissasini qo'shgan mutaxassis sifatida yaxshi bilamiz. Hozirgi kunda Germaniya Federativ Respublikasida faoliyatini davom ettirib, ayollar terma jamoasiga murabbiylik qilib kelmoqda.

Kirish so'zida mutaxassis O'zbekistonda kamondan otish sport turiga sezilarli etibor qaratilayotganidan mamnun bo'lib, rahbar mutasaddilarga o'z tashakkurini izhor etdi. Seminarda Butuzova o'z tajribasidan kelib chiqqan holda merganlarga foydali maslahatlari bilan o'rtoqlashdi. Kamondan otish sport turida eng kerakli bo'lgan jihatlar sportchi o'zini qanday tutishi, texnik yondashuv, psixologiya haqida gapirib berdi.

“Sportchi qachon yaxshi natijalarga erishadi? Qachonki, ko'proq o'quv-mashg'ulot yig'inlar, xalqaro musobaqalarda tajriba orttirsa. Mergan doim o'zini psixologik tayyorlab borishi, raqibni engishiga ishonishi kerak. Doim olg'a harakat qilish lozim. Asosiysi, ko'proq xalqaro musobaqalarda qatnashish”, – dedi hamyurtimiz.

Mutaxassis so'zida davom etar ekan, sportchilar murabbiyni qunt bilan eshitib, yuqori natijalarga erishishlari uchun ko'rsatmalarga amal qilishlari lozimligi haqida gapirdi. ZOOM platformasi orqali bo'lib o'tgan seminar davomida qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Seminar so'ngida mutaxassis barchaga o'z tashakkurini bildirib, kelajakda barcha sportchilarga omad tiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing