So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

22 fev 18:31
Yangiliklar

Gimnastika

Gimnastikachilarimiz Belarusdagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Teglar :  Gimnastika
17-21 fevral kunlari Minskda gimnastika bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Musobaqada mezbon Belorussiya, Ukraina, Rossiya va Litva jamoalari bilan bir qatorda o'zbekistonlik gimnastikachilar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Aytish kerakki, O'zbekiston kattalar va o'smirlar terma jamoasi ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Turnirda jamoamiz azolari o'z chiqishlari bilan bir nechta yo'nalishda g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olib, jami bo'lib 15ta medalga ega chiqishdi.

Erkaklar terma jamoamiz azolari 5ta oltin, 3ta kumush va 4ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Abdulla Azimov ot mashqi yo'nalishida o'z chiqishi bilan shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy olgan bo'lsa, Xabibullo Ergashev brus yo'nalishida bajargan mashqi uchun oltin medalga loyiq ko'rildi. Huddi shu yo'nalishda Abdulla Azimov ikkinchi bo'ldi. Turnik mashqlarida Xabibullo Ergashev yana bir medalni qo'lga kiritdi. Bu safar u shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi. Ko'pkurashda bu ikki sportchimiz musobaqaning finalchilariga aylanishdi.

O'smirlar orasida ko'pkurash bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan O'tkirbek Jo'raev kumush medalni qo'lga kiritdi.

Alohida snaryaddagi finallarda ham sportchilarimiz shohsupaga ko'tarilishdi:

Erkin mashqlar

Fayoziddin Mamatqulov - 1 o'rin


Ot-mashqi

Humoyun Islomov - 3-o'rin


Halqa mashqi

Fayoziddin Mamatqulov - 2-o'rin


Tayanib sakrash

Humoyun Islomov - 3-o'rin


Brus

O'tkirbek Jo'raev - 1-o'rin

Fayoziddin Mamatqulov - 3-o'rin


Turnik mashqi

O'tkirbek Jo'raev - 1-o'rin


Gimnastikachi qizlarimizdan Dildora Aripova tayanib sakrash mashqlarida ikkinchi, erkin mashqlarda esa uchinchi o'rinni egallab kumush va bronza medalini qo'lga kiritishdi. Xoda mashqlarida ishtirok etgan Omina Xalilova bronza medali bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing