So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

08 fev 13:50
Yangiliklar

Engil atletika

G'olib uchun 30 million so'm. Poytaxtimizda Xalqaro marafon o'tkaziladi

Toshkentda yana bir marotaba xalqaro marafon tashkil etiladi.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Engil atletika federaciyasi, Toshkent shahar hokimligi hamda O'zbekiston tashqi ishlar ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalar va kommunikaciyalarni rivojlantirish vazirligi, Energetika vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agantligi, Engil atletika respublika oliy sport mahorat maktabi ko'magida 22-mart kuni “I Toshkent Xalqaro marafoni” bo'lib o'tadi.

Marafonni o'tkazishdan maqsad yurtimizda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullantirish, xalqaro do'stona sport aloqalari va turizmni rivojlantirish, kuchli marafonchilarni aniqlab olish, poytaxtning ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish imkoniyatlarini kengaytirish, yaqin va uzoq xorijiy davlatlardan sportchi hamda sayyohlarni jalb etishdan iboratdir.

Musobaqalar quyidagi masofalarda o'tkaziladi:

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi marafon - 42 km 195 m

Erkaklar va ayollar o'rtasidagi yarim marafon - 21,097.5 m

Erkaklar va ayollar o'rtasida poyga - 3 km

Erkaklar va ayollar o'rtasida poyga - 1,5 km

Start-finish nuqtasi “Beshyog'och” maydonchasidagi “Beshyog'och” va “Afrosiyob” chorrahasi (mo'ljal - “Humo Arena” muz saroyi)da joylashgan. 


Marafon va yarim marafon ishtirokchilarining to'planish vaqti 6:40 da, marafonga esa 7:00 da start beriladi.

1,5 km poygachilar to'planish vaqti 7:05da, boshlanish vaqti 7:10da.

3 km poygachilari maydonchaga 7:25gacha kelsalar, 7:30da poygaga start beriladi.

Har bir ishtirokchi bitta masofada qatnashishi mumkin. Marafon va yarim marafon ishtirokchilari 18 yosh va undan katta erkaklar va ayollar (2002-yilda va undan avval tug'ilganlar) o'rtasida bo'lsa, 3 va 1,5 km poygalarda qatnashuvchilar yoshi cheklanmagan. “I Toshkent Xalqaro marafoni”da ishtirok etishni xohlovchilar 10 fevraladan 15 martgacha www.uzmarathon.uz saytida ro'yhatdan o'tishlari talab etiladi. Marafonda qatnashish uchun yo'llanma - “Ishtirokchilar paketi”ni olish uchun siz shaxsiy qabul markazi (Toshkent sh, I.Karimov ko'chasi 98a, Engil atletika federaciyasi. Tel: 71 2411381, 71 2411364) ga 19-20-21-mart kunlari 10:00dan 20:00gacha tashrif buyurib shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz kerak.

Xo'sh siz bu marafonda qatnashib nimaga erishasiz?

Mukofot pullari;

Marafon:                           Yarim marafon: 

1-o'rin - 30 mln so'm          1-o'rin - 12 mln so'm 

2-o'rin - 20 mln so'm          2-o'rin - 10 mln so'm

3-o'rin - 10 mln so'm          3-o'rin - 8 mln so'm

4-o'rin - 8 mln so'm            4-o'rin - 7 mln so'm

5-o'rin - 7 mln so'm            5-o'rin - 6 mln so'm

6-o'rin - 6 mln so'm            6-o'rin - 5 mln so'm

7-o'rin - 5 mln so'm            7-o'rin - 4 mln so'm    

8-o'rin - 4 mln so'm            8-o'rin - 3 mln so'm.


3 km.ga poyga:                   1,5 km.ga poyga:

1-o'rin - 3 mln so'm           1-o'rin - 3 mln so'm

2-o'rin - 2 mln so'm           2-o'rin - 2 mln so'm

3-o'rin - 1 mln so'm.          3-o'rin - 1 mln so'm.

Marhamat, ishtirok eting, jismoniy imkoniyatlaringiz chegarasini aniqlab oling va sovrinli o'rinlarga ega bo'ling. Agar finishga hammadan oxiri bo'lib etib kelganingizda ham siz yutqazmaysiz! Salomatligingiz uchun muskullaringizni bir kun ko'proq harakatlantirgan bo'lasiz, xolos!

Qayd etish lozimki, o'tgan yili poytaxtimizda xalqaro yarim marafon muvaffaqiyatli tashkil etilgandi. Bu yil esa katta marafon tashkil etish maqsad qilingan. 

uzathletics.uz sayti asosida SARVINOZ RAXMONQULOVA tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
09 fev 00:47:53
SPRINTERshashist
Халол утадими ё узиникини финиш олдига куйиб юборадими
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing