16 okt 07:49
Yangiliklar
Tennis
Gonkong (WTA). Pavlyuchenkova mavsumdagi 3-sovriniga ega chiqdi
Gonkongda WTA tasnifidagi xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 500 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning hal qiluvchi final bahsida rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova avstraliyalik Darya Gavrilovani 5:7, 6:3, 7:6 hisobida mag'lub etdi. Tennischilar kortda 3 soatu 11 daqiqa harakat qilishdi.
Prudential Hong Kong Tennis Open turniridagi
muvaffaqiyat Nastya uchun mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi 11-sovrin edi. Pavlyuchenkova
bu g'alabasi evaziga 111 ming 164 dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosiga
ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar