So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

25 may 14:05
Yangiliklar

Voleybol, Qiziqarli!

"Go'zal, betakror, latofatli": Sabina Altinbekovani yaqindan bilasizmi? (+FOTO)

Xolid Husayniy "Tog'lar ham sado beradi" asarida shunday fikrni o'rtaga tashlagan: "CHiroy - telba-teskari, tasodifiy beriladigan ulkan va o'rinsiz tuhfa".

Darhaqiqat, go'zallik kimlarning boshiga ofat olib kelsa, yana kimlarnidir omadli qiladi. Sport olamida ham shunday sportchilar borki, faoliyati yoki natijalari emas, ko'proq tashqi ko'rinishi bilan etiborni jalb qiladi. "Olamsport.com" ijodkorlari shunday atletlar haqida malumot berib borishga ixtisoslashgan yangi rukn boshlashdi. 

Demak, bizni kuzatishda davom eting! Ilk mehmonimiz voleybol malikasi.  

Sabina Altinbekova — qozog'izstonlik voleybolchi, Qozog'iston terma jamoasi azosi.

U 1996 yilning kuzida Aktobe shahrida tug'ilgan. Uning xalqaro maydondagi mashhurligi 2012 yilda boshlandi. Xitoyning Taybze provinciyasida o'tkazilgan 19 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan Sabina turnirning eng go'zal voleybolchisi deb topildi. Bo'yi — 180 sm, oyoqlarining uzunligi 120 sm, og'irligi esa 60 kg bo'lgan Altinbekova musobaqa davomida Xitoy Taypeyi, Yaponiya, Ukraina, Ispaniya singari malakatlar televideniesining asosiy nishoniga aylanib qoldi. Unga bag'ishlangan ko'plab reportajlar, ko'rsatuvlar tayyorlandi. Osiyolik jurnalistlar Sabina yapon multiplikaciyasining qahramoniga o'xshashiga alohida urg'u berishdi...

Qozog'istonlik voleybolchining sportdagi yutuqlari ham chakki emas. U 19 yoshidayoq legionerga aylanib, Tokioning "GSS Sunbeams" jamoasi libosini kiydi. Yaponiya chempionatidan tashqari u 2019-20 yillarda BAAning "Al Vasl" klubi sharafini himoya qildi. 

SHundan keyin faoliyatini Evropa bilan bog'lash maqsadida Italiyaning "Kazerta" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Ammo, Sabinaga bu klub safida debyut qilish nasib etmadi (italyan jamoasining moliyaviy muammolari sababli). So'nggi malumotlarga qaraganda, Qozog'iston voleybolining bugungi yuzi faoliyatini yana BAAda davom ettirar ekan.

Darvoqe, Altinbekovaning shaxsiy hayoti har doim muhokama markazida bo'lib kelgan. Bu mish-mishlarning bir qismi 2020 yilning 25 dekabrida u turmushga chiqishi bilan nihoya topdi. Ammo, Sabina hamon Qozog'istonda ijtimoiy tarmoqlarning asosiy yulduzi hisoblanadi.

F.R. tayyorladi

Reyting: -1   

Fikrlar

   
25 may 21:44:53
Bekzod Vahobjonov
Biram shu qizni ogʻzilar bol tomib maqtesilare)))
   
25 may 15:54:45
Bekh0098
Adminlar sevadi shuni :)))
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing