So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

20 fev 12:55
Yangiliklar

Dzyudo

Gulistonda zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshirildi FOTOGALEREYA

Teglar :  GulistonSirdaryo
Guliston shahridagi 8-sonli umumtalim maktabida yangi qurib bitkazilgan va dzyudo bilan shug'ullanish uchun ixtisoslashtirilgan zamonaviy sport zalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda viloyat hokimi G'ofurjon Mirzaev, Xalq talimi vaziri Baxtiyor Saidov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisininig o'rinbosari – mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi.

"Qisqa fursatda O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamkorligida sirdaryolik yoshlar uchun sovg'a hozirlashga harakat qildik. O'ylaymanki, Sirdaryo viloyatidan, aynan shu zaldan yaqin yillarda O'zbekiston terma jamoasi azolari etishib chiqadi. Biz yaqinda Sirdaryo viloyati dzyudosiga yangi rahbar saylagandik. To'lqin Tulyanovich dzyudoni juda ham yaxshi ko'radilar. Ishonchim komil, bu sirdaryolik dzyudochilar muvaffaqiyatidagi birinchi omil bo'ladi. Hozir yosh dzyudochilarga qarab turib, yangi Rishod Sobirov, Davlat Bobonovlarni ko'rgandek bo'lyapman. Bu narsa ularning ko'zidagi ishonchda namoyon bo'lyapti. Bolalar, orzuning o'zi kamlik qiladi, faqat mehnat bilan cho'qqiga chiqishingiz mumkin. SHu narsani o'zingizga shior qilib olsangiz, kelajakda ota-onangiz, yaqinlaringiz va eng muhimi – Vatanimizni ko'klarga ko'tarasiz. Prezidentimiz sport bilan shug'ullanishingiz uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib beryaptilar. Faqat ishlash qolyapti. Biz sizlarga ishonamiz! Eng muhimi, ana shu ishonchi sizda ham bo'lsin", - dedi A.Kamilov. 

Malumot uchun, bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 600 nafarga yaqin yoshlar dzyudo bilan muntazam shug'ullanib kelishmoqda. O'smirlar orasidan 4 nafari O'zbekiston terma jamoasi azosi hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichlarni yanada oshirish, yoshlarning dzyudo bilan professional tarzda shug'ullanishlari uchun yangi qurilgan sport zalda barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Tadbirda sportchi yoshlar o'zlarining ko'rgazmali chiqishlari bilan barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. SHuningdek, ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan estalik sovg'alari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing