So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

29 apr 16:02
Yangiliklar

Qilichbozlik

Gulnora Saidova: Qilichbozlarimiz kelgusi Olimpiada o'yinlarida medallar uchun kurashadi

Teglar :  Qilichbozlik
Turizm va sport vazirligida Tokio-2020 yozgi Olimpiada o'yinlari licenziantlari taqdirlanishganidan so'ng, qilichbozlik bo'yicha Olimpiada yo'llanmalarini qo'lga kiritgan sportchilar ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi Gulnora Saidova, terma jamoa murabbiylari Vladimir Nazlimov hamda Ruslan Kudaev, Tokio-2020 licenziantlari Malika Hakimova, SHerzod Mamutov va Zaynab Dayibekova, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Takidlash joiz, qilichbozlik bo'yicha Olimpiya o'yinlarida terma jamoamiz shu paytgacha faqat 3 marta, yani Atlanta-96, Sidney-2000 va London-2012 Olimpiadalarida atigi bir nafar sportchi bilan ishtirok etgan.

Tokio-2020 uchun esa bir yo'la 3 nafar sportchimiz Olimpiada licenziyasiga ega bo'lishdi. Xolbuki, ushbu Olimpiada cikli oldidan terma jamoamiz oldiga ikkita yo'llanma qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan edi. Demak, vazifa ortig'i bilan uddalandi.

Anjuman avvalida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi G.Saidova o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Tokio olimpiadasi aslida o'tgan yili o'tkazilishi kerak edi. Ushbu nufuzli musobaqaning bir yilga kechiktirilishi bizning foydamizga ishladi, desak xato qilmaymiz. CHunki, terma jamoamiz yanada puxta tayyorgarlik ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Qolaversa, bizni quvontirgan jihat, mazkur Olimpiya o'yinlariga sportchimiz to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi. Toshkentda o'tkazilgan Osiyo-Okeaniya licenzion saralash turnirida g'olib chiqib, Olimpiada yo'llanmalarini qo'lga kiritgan sportchilarimiz juda yosh va ularni oldinda yorqin kelajak kutib turibdi, deyishga haqlimiz. Bu safargi Olimpiya o'yinlarida 3 nafar sportchi bilan qatnashish bizga cheksiz quvonch ulashayotgan bo'lsa, keyingi Olimpiada musobaqalarida biz medallar uchun kurashishni maqsad qilib qo'yganmiz».

SHuningdek, anjumanda qilichbozlik sporti afsonasi, 3 karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Vladimir Nazlimov Tokio Olimpiadasiga qanday tayyorgarlik ko'rilishi haqida to'xtalib o'tdi:

«Olimpiada o'yinlarigacha oldimizda hech qanday musobaqa qolmadi. SHu bois tayyorgarlikni o'zimizda olib borsak kerak. Bunday nufuzli musobaqalarga siz uchun qaer qulay bo'lsa, o'sha erda hozirlik ko'rganingiz maqul. Bugungi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda Toshkentda qolish eng to'g'ri yo'l deb o'ylayman. CHunki ko'plab davlatlarda chegaralar yopilgan. Qolaversa, xorijda siz o'zingizni uydagidek erkin his qilolmaysiz. SHu sababli xorijdan 4-5ta jamoani taklif qilib, qo'shma o'quv-mashg'ulotlar yig'ini o'tkazishni ko'zlab turibmiz. SHu maqsadda Toshkentga Turkiya, Gruziya, Ukraina terma jamoalari va Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri jamoasini chaqirishni reja qilganmiz. Yaqinda «Yangiobod» sport bazasida mashg'ulot o'tkazdik va bu maskan yig'in tashkil etish uchun eng qulay joy. Men Olimpiada o'yinlarida g'alaba qozonmaguncha O'zbekiston terma jamoasidan ketmayman».

Tadbir davomida Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari licenziantlari ham o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing