So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

23 may 15:59
Yangiliklar

SHaxmat

Gulruhbegim Jahon kubogi yo'lidagi ikkinchi g'alabasiga erishdi

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Bugun ayollar o'rtasida o'tkazilgan ikkinchi tur uchrashuvida xalqaro grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova g'alaba nashidasini surdi. Turnir reytingida birinchi raqam ostida tasniflangan Tohirjonova oq donalarda harakat qildi va qozog'istonlik Gulmira Dauletovani mag'lub etdi. 

Nilufar Yoqubboeva esa qora donalarda yana bir qozog'istonlik shaxmatchi Gulisxan Naxbaeva bilan durangga imzo chekdi. Bahora Abdusattorova Madina Davletbaevaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchinchi tur oldidan Tohirjonova va Davletboeva 2 tadan ochko bilan peshqadamlik qilishyapti. 

Ayni daqiqalarda davom etayotgan uchinchi partiyada aynan ikki peshqadam o'zaro hisob-kitob qilishyapti. Yana bir yurtdoshimiz Sarvinoz Qurbonboeva ikkinchi turda g'alaba qozondi va ochkolarini 1,5 taga etkazib oldi. U qora donalarda o'ynaganiga qaramay, qozog'istonlik Arnash Baurjanni engdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing