So’nggi yangiliklar

19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0

01 dek 11:36
Yangiliklar

Taekvondo

Gulsanam Alijonova: "Oltin medalimni onamga bag'ishlayman"

24-29 noyabr kunlari taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Unda -73kg vazn toifasida Gulsanam Alijonova barcha raqibalaridan ustun kelib chempionlikka erishdi. O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati Gulsanam Alijonova bilan intervyu tashkil etdi.

- Gulsanam, avvalo chempionlik muborak bo'lsin! O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlik qanday kechdi?

- Tabrik va etibor uchun katta rahmat. Tayyorgarlik alo darajada o'tdi. Menga yordam bergan murabbiylar va milliy terma jamoamiz azolariga rahmat aytaman. Ularning tajribasi musobaqa davomida menga shubhasiz yordam berdi.

- Birinchi marta mamlakat chempioni bo'ldingiz. Oltin medalni qabul qilib olganda ichingizda qanday hissiyotlar o'tdi?

- 2018 yilgi mamlakat chempionatida sovrindor bo'lgandim, Yaratganga shukur bu yil O'zbekiston chempioni bo'ldim. 2018 yil taekvondoga kirib kelganimda chempionlarimizning erishgan yutuqlarini ko'rib ularga havas qilardim. Ushbu oltin medalimni onamga bag'ishlayman, sababi chempion bo'lishimda ularning o'rni beqiyos.

- O'zbekiston chempionati tashkilotchiligi haqida qanday fikrdasiz?
- Barchasi alo darajada o'tdi. Xalqaro musobaqalarga borgan taekvondochilarning aytishicha tashkilotchilik saviyasi aynan o'sha musobaqalardek ekan. Sportga alohida etibor qaratayotgan yurtboshimizga, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi rahbari SHerzod Rihsiboevichga minnatdorchilik bildiraman.

- Taekvondodagi birinchi murabbiyingiz kim bo'lgani o'quvchilarimiz uchun qiziq...
- Birinchi murabbiylarim Xolmurod va Mamurjon Nozimovlar. Ularga ham shu o'rinda minnatdorchilik bildiraman.

- Sportdagi eng oliy orzuingiz qaysi?

- 2024 yil Parijda bo'ladigan yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish va oltin medalni qo'lga kiritish!


O'zbekiston taekvondo WT Associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing