So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

04 avg 11:20
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Hakamlar xatolari Olimpiadasi

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
1932 yil AQSHning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tgan Yozgi Olimpiya o'yinlarini shunday deb atashgan.

Bu Olimpiadada hakamlar juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishgan.


To'siqlar osha 3000 metrga yugurishda sportchilar stadionda chopib o'tayotgan doirani sanab turgan hakam o'z joyini tark etgani sababli ular bir davra ko'p masofani bosib o'tishga majbur bo'lishgan. Bu yugurish natijalari bekor qilinmagan. 3450 metr masofani 10 daqiqayu 33,4 soniyada bosib o'tgan fin Volmari Iso-Xollo g'olib deb elon qilingan.

Ayollar o'rtasida 100 metrga yugurishda polshalik Stanislava Valasevich yangi jahon rekordi o'rnatgani holda g'olib chiqqan. Faqat 1980 yilda bu Olimpiada chempioni avtohalokatda hayotdan ko'z yumganida… uning erkak ekanligi malum bo'lgan.

Ot sporti bo'yicha musobaqalarda ham favqulodda holat yuzaga kelgan – hech bir jamoa yo'l qo'yilgan xatolar, masofadan noto'g'ri o'tish, yiqilish va hokazolar sababli Millatlar Katta mukofotiga sazovor bo'lmagan.

Zamonaviy beshkurashda avvalgi Olimpiya o'yinlari chempioni, vazni 100 kilogramdan ortiq bo'lgan shved Sven Tofeltga eng ozg'in otni boshqarishga to'g'ri kelgan. Bechora ot uch marta qoqilib yiqilgan va bu yo'nalishda Tofelt faqat 15-natijani qayd etgan. Ammo yakuniy natija bo'yicha u to'rtinchi o'ringa ko'tarila olgan.

Portugaliyalik beshkurashchi de Gerediy esa yanada murakkab vaziyatga ro'para bo'lgan. Uning oti itoatkor, biroq juda hissiyotli va nozik tabiatli ekan. CHavandoz qamchi va temir tepkini ishlatishi bilan ot sportchini yiqitib qochib qolgan. Otni arang ushlab, sportchiga tutqazganlaridan keyin de Gerediy yana qamchi bosgach, ot chavndozni tag'in qulatgan va uni medallardan mahrum qilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing