So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

05 iyu 19:00
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Hamyurtlarimiz suzish bo'yicha Italiyadagi ananaviy xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

Teglar :  ItaliyaSuzish
2017 yilning 1-4 iyun kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida suzish bo'yicha “Tiro a volo nuoto” ananaviy xalqaro turniri o'tkazildi.


Uchinchi bor tashkil etilgan mazkur musobaqada Evropaning qator davlati vakillari kabi mamlakatimiz sportchilari ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordilar. Etiborlisi, mazkur xalqaro turnirda Vatanimiz sharafini himoya qilgan 4 nafar sportchimizdan uchtasi sovrinli o'rinlarni band etishdi. 

Jumladan, terma jamoamiz etakchilaridan biri Hurshidjon Tursunov 100 metr masofaga erkin usulda suzish bo'yicha o'tkazilgan musobaqada 00:49.54 soniya natija bilan oltin medalga sazovor bo'lgan bo'lsa, 200 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida ham marraga 1:50.55 soniyada etib kelib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Quvonarlisi, Hurshidjon har ikki yo'nalishda ham “Tiro a volo nuoto” xalqaro turnirining rekordini yangiladi. 

Yaqindagina Jizzax shahrida bo'lib o'tgan “Barkamol avlod-2017” sport musobaqasida birinchi o'rinni egallagan Artyom Kozlyuk ham “Tiro a volo nuoto” xalqaro turnirining rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi. 200 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo'yicha o'tkazilgan musobaqada 2:01.07 soniya natija qayd etgan Artyom oltin medalni qo'lga kiritish bilan birga, xalqaro turnirning rekordini ham yangiladi. Bundan tashqari tajribali sportchimiz 50 metr masofaga batterflyay usulida suzish musobaqasida 00:24.45 soniya natija bilan birinchi, 100 metr masofaga batterflyay usulida suzishda esa 00:54.04 soniya ko'rsatkich bilan ikkinchi o'rinni egalladi.  

“Barkamol avlod-2017” sport o'yinlarida bir necha yo'nalishda g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan Aleksey Tarasenko Rim shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda ham munosib ishtirok etib, terma jamoamiz hisobiga bir yo'la uchta kumush medalni keltirdi. Xususan, erkin usulda suzish bo'yicha 50, 100 va 200 metr masofalarga o'tkazilgan musobaqalarda mos ravishda 00:23.08 soniya, 00:50.38 soniya va 1:51.03 soniya natijalarni qayd etgan Aleksey Tarasenko uch bor shohsupaga ko'tarildi. SHunday qilib, “Tiro a volo nuoto” xalqaro turnirida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz 4 ta oltin va 4 ta kumush medallarga sazovor bo'ldilar. 

“Rim shahrida o'tkazilgan xalqaro turnir sportchilarimiz uchun joriy yilning 14-23 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkaziladigan jahon chempionati oldidan o'ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini ham o'tadi, - deydi O'zbekiston suzish federaciyasi bosh kotibi Alisher G'aniev. Jahon chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini sportchilarimiz mamlakatimizda o'tkazishadi. 

Sportchilarimizga suzish sport turining eng yirik musobaqalaridan biri hisoblangan jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Umid qilamizki, Vengriyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ham sportchilarimiz o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashadi”. Biz ham o'z navbatida sportchilarimizga bo'lajak yirik musobaqada omad va zafarlar tilab qolamiz. Malumot uchun. Jahon chempionatida Vatanimiz sharafini Hurshidjon Tursunov, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk va Daniil Bukin himoya qiladilar.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing