So’nggi yangiliklar

10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0

11 dek 15:27
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Har kecha o'lib qolishdan qo'rqardim". U kuniga ikki quti sigaret chekardi, ammo orzusi yo'lida 60 kg vazn yo'qotdi va UFC jangchisiga aylandi

Teglar :  UFCXalil Rauntri
Xalil Rauntri UFC Fight Night kechasida Entoni Smit bilan jang qildi va raqibini uchinchi raundda nokaut qilishga erishdi.

Xalil Rauntri hikoyasi

UFC Fight Night kechasida Xalil Rauntri Entoni Smit bilan jang qildi va raqibini uchinchi raundda nokaut qilishga erishdi. Ushbu g'alaba orqali Xalil o'rta vazn reytingining TOP-10 taligiga kirishi mumkin. 

Rauntri katta nomga ega jangchi emas, biroq uning hikoyasi hayotda hamma narsa bo'lishi mumkinligini isbotlaydi.

Rauntri o'g'irlik tufayli otasini yo'qotdi va bu voqeadan so'ng tushkunlikka tushdi. Maktabda hech kim bilan gaplashmaydigan, doim fast-fud tanovul qilib, 140 kg vaznga ega bo'ldi.

Rauntri otasidan juda erta ayrilgan. U 2 yoshligida otasini o'ldirib ketishgan. Ona bolalarni yolg'iz o'zi tarbiyalagan va Xalil 13 yoshga to'lganida onasi unga otasi zo'ravonlik qurboni bo'lgani haqida gapirib bergan. Yosh bolakay buni avval xotirjam qabul qilgan, lekin yillar davomida og'riq kuchayib borgan.

Rauntri yakka yuradigan bo'lib qoldi, vazni ham tinimsiz ortib borardi. Buning natijasida maktabda uni haqorat va mazah qila boshlashdi. Bu tushkunlik va o'zini o'zi yo'q qilish darajasiga etdi: 19 yoshida Rauntri kuniga ikki quti sigaret chekdi, tinimsiz ovqat istemol qildi va vazni 140 kgdan oshdi.

U kuniga 2 litr spirtli ichimlik ichardi va har tun o'lib qolishdan qo'rqib yashardi. Eng achinarlisi esa uning hayotdan maqsadi yo'q edi. 

Xalil bu voqealarni shunday eslaydi: "19 yoshimda vaznim 140 kg bo'lgan. Kuniga 2 quti tamaki chekib, to'xtovsiz spirtli ichimliklar ichardim. Hayotdan maqsadim, ertam nima bo'lishi haqida o'y ham yo'q edi. Har kuni uyg'onganimda mast holda bo'lardim".

Rauntri MMA haqida bilganidan so'ng barchasi o'zgardi. U maktab vaqtida sport bilan shug'ullanmagandi. Akalari unga UFC'ni ko'rsatishdi va Xalilda birdan bu sport turiga muhabbat qo'ydi. Unga sportchilardagi xarakter yoqdi. O'shanda barchasi o'zining qo'lida ekanligini tushunib etdi. SHundan so'ng bo'lajak jangchi MMA bilan shug'ullanishga qaror qildi.

Rauntri MMA afsonasi Vanderley Silva zalida mashg'ulot olib bordi. Bir yil ichida 45 kg vazn tashladi va TUF orqali UFC jangchisiga aylandi.


Xalilning akalari uni Wanda Fight Team zaliga olib borishdi. Rauntri Vanderley Silva singari jang qilishni istadi. U birinchi mashg'ulotning o'zida yakka kurashlarga mehr qo'ydi. Murabbiylar ham uning ortiqcha vazni borligiga qaramasdan, kelajakda kuchli jangchi bo'lishi mumkinligini aytishdi. 

Biroq Xalilga boshida juda og'ir bo'ldi, chunki u hech qachon sport bilan shug'ullanmagandi. Uning ortiqcha vazni harakatlanish uchun xalaqit berardi. Biroq akalari yosh jangchini qo'llab turishdi, ko'p o'tmay mashg'ulotlar natija bera boshladi.

Xalil 11 oy ichida 45 kg vazn tashlashga erishdi va yana vazn tashlashda davom etdi. U har kuni o'sib bordi – sigaretni, gazlangan suvni tashlab, yugurishni boshladi. U hatto uni "sudrab yurgan" do'stlaridan voz kechdi:

"Men hayot tarzimni butunlay o'zgartirdim. Qisqa vaqt ichida ozish uchun do'stlarim bilan xayrlashdim, telefon raqamimni almashtirdim. MMA mening hayotimga aylandi. Vazn tashlash men uchun oddiy mashg'ulot emasdi. Bu mutlaqo yangi hayot tarzi, yangi tana va hamma narsa ekanligini angladim. Agar siz hayotingizni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, MMA yaxshi tanlov bo'lishi mumkin.

Mening moyilligim tasalli, oziq-ovqat va ko'p miqdordagi spirtli ichimliklar edi. MMAga borishni boshlaganimdan so'ng butunlay boshqacha hayot tarzi boshlandi. Men avvalgi do'stlarimdan voz kechdim, chunki ularning hayot tarzi boshqacha edi. Men buni hamma qilishi kerak, deb aytmayman. Ammo men hayotimni o'zgartirish uchun o'zimni yakkalashim yangi inson bo'lishim kerakligini angladim".

Rauntri TUF'ning 23-turniridan so'ng UFC bilan shartnoma imzoladi. U finalda yutkazdi, biroq baribir UFC bilan shartnoma imzoladi. Qizig'i, Xalil TUF'ning saralashida ham mag'lub bo'lgandi, biroq raqibning jarohati sababli keyingi bosqichga o'tgan edi.

Xalilning UFC'dagi yurishi ham omadli boshlanmagan. U 2017 yilda Tayson Pedroga qarshi debyut jangida mag'lub bo'lgan. SHundan so'ng u Ion Kucelaba, Jonni Uoker va boshqa jangchilarga ham yutqazib qo'ydi. Hozirda Rauntri UFC'da beshta g'alabadan iborat g'alabali seriyaga ega. Bu uning rekordi hisoblanadi. U Smit ustidan g'alaba qozonsa, UFC TOP-10 reytingiga kirishi mumkin. 

"Hali ham kurashyapman. Onam va kollejda o'qiydigan singlimni taminlashim kerak. Oilam bilan boshdan kechirayotgan jarayonimiz davom etmoqda, men hayotimda sodir bo'lgan barcha narsa uchun Yaratgandan minnatdorman. Eng asosiysi, siz ko'p narsaga qodir ekanligingizga ishoning".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing