So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

23 dek 16:02
Yangiliklar

SHaxmat

Hulkar Tohirjonova Gulruhbegimning AQSHga ketishi, fuqarolik va federaciya munosabati haqidagi savollarga javob berdi

Avvalroq shaxmatchimiz Gulruhbegim Tohirjonova AQSH sharafini himoya qilishi haqida xabar qilgandik.

Saytimiz muxbiri ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida shaxmatchimizning opasi Hulkar Tohirjonova bilan qisqa intervyu tashkil etdi.

"Gulruhbegim hozir AQSHdagi Missuri universiteti jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Agar xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan bo'lsa, AQSH nomidan dona suradi. U ayni paytda klubi bilan birga klublar o'rtasidagi Evropa chempionatida o'ynamoqda. (Evropada ham klub sharafini himoya qiladi - Olamsport) 

Ayni paytda unga ko'plab murojaatlar bo'lmoqda. Turnirda ishtirok etayotgani sababli savollarga javob bera olmayapti.

- U Amerika Qo'shma SHtatlari fuqaroligini oldimi?

- Yo'q, fuqarolik olingani yo'q. Faqatgina federaciya o'zgardi. U O'zbekiston fuqarosi. 


- Ushbu taklifni qabul qilishiga nima sabab bo'ldi?

- Bunga sabablar ko'p. Bu haqida omma oldida shov-shuv qilmoqchi emasdik. Biz faqatgina O'zbekiston uchun o'ynaganmiz. Asosiy qarorni o'zi qabul qildi. Dadam, opam va men bunga qarshilik qilmadik. Gapirsa gap ko'p. SHu to'g'ri qaror deb hisobladik. 

- O'zbekiston shaxmat federaciyasi bunga munosabat bildirdimi?

- Yo'q, federaciya tomonidan bunga xech qanday rasmiy munosabat bo'lgani yo'q. Biz o'z ishimizni davom ettiryapmiz, "Sky Chess" klubi faoliyat olib bormoqda. Ancha yillardan buyon terma jamoada o'ynamayapmiz. Uchchalamizni ham terma jamoadan chiqarib yuborishgan. (Izoh - Nafisa Mo'minova, Hulkar Tohirjonova va Gulruhbegim Tohirjonova nazarda tutilmoqda - Olamsport).

Opam ham Evropa klubi tarkibida onlayn musobaqada ishtirok etmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

   
23 dek 20:01:03
Shovkat
Omadini bersin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing