So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

30 noy 16:03
Yangiliklar

Boks/MMA

"Humo Arena"da o'tkaziladigan professional boks oqshomi juftliklari malum

Xabaringiz bor, 2 dekabr kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" saroyida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

LIFT promouterlik kompaniyasi tashkil etilayotgan boks oqshomining markaziy jangi birinchi o'rta vazn (69.85 kg) toifasida Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov (10-1-0; 6 KO) hamda Jamshid Karimov (10-0-0;7 KO) o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu jang 10 raund etib belgilangan. 

Oqshomning so-main event jangi birinchi yarimo'rta vazn (63,5 kg) toifasida Ovannes Bachko (Armaniston) Markos Gonsales Barraz (Meksika)ga qarshi ringga ko'tariladi. O'n raund etib belgilangan jang g'olibi qitalararo WBA kamari uchun kechadi. Yana bir qiziqarli jang Jono Kerroll (Irlandiya) va Jeyms CHereji (Ruminiya) o'rtasida o'tkaziladi. 

Xabaringiz bor, 13 avgust kuni "Humo Arena"da 8 nafar bokschi o'rtasida kichik gran-pri turniri boshlangandi. O'shanda SHohruh Kenjaev Abbosxon Yo'ldoshevni, Mujibullo Tursunov Rahmatillo SHaripovni, qozog'istonlik Nurim Dilshad qirg'izistonlik Dastanbek Imankazievni, Farruh Arslonov

Timur Abdurahmonovni mag'lubiyatga uchratib, 1/2 finalga yo'l olgandi. Bugun aynan shu bosqichga qura tashlanadi.   

Qolgan juftliklar:

Engil vazn (60 kg, 6 raund). Ion Kostin (Ruminiya) - Aleksandru Ionita (Ruminiya) 

O'rta vazn (72,57 kg, 6 raund). Jakipbek uulu Jarkinbek (Qirg'iziston) - Bereket Tairov (Qozog'iston)

O'rta vazn (72,57 kg, 6 raund). Dovud Mahkamov (Tojikiston) - Nurta Karassavev (Qozog'iston) 

O'rta vazn (72,57 kg, 6 raund). Suhrob Qayumov - Asilbek Vahobov

O'rta vazn (72,57 kg, 6 raund). Anvar Turapov - Islombek Mo'minov    


Ertaga, 1 dekabr kuni soat 11:00 da Face to Face marosimi, 2 dekabr soat 18:00 da bevosita professional boks kechasi bo'lib o'tadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing