So’nggi yangiliklar

23:05Юнон-рум кураши. Икки нафар ҳамюртимиз лицензион турнирдаги иштирокини якунлади 0 18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0

13 apr 07:43
Yangiliklar

Xokkey

"Humo Arena"da xokkey bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining taqdimot marosimi o'tkazildi + FOTO

23-30 aprel kunlari Toshkent hamda Samarqandda bo'lib o'tadigan Osiyo va Okeaniya kubogi arafasida O'zbekiston xokkey Federaciyasi mamlakatimiz U-18 terma jamoasi taqdimotini o'tkazdi.

Jamoamiz o'tgan yili Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Batorda o'tkazilgan musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan va tabiiyki, bu yil o'z chempionlik unvonini himoya qilishi kerak.

Taqdimot marosimida barcha yig'ilganlar terma jamoa tarkibi bilan shaxsan tanishish va terma jamoa bosh murabbiyi Abdumadjid Nosirovning tabrik so'zini eshitish imkoniga ega bo'ldi. Ular barcha xokkey ishqibozlarini jamoamizni kubok uchun kurashda qo'llab-quvvatlashga va turnirda ishtirok etuvchi jamoalar o'rtasidagi qiziqarli uchrashuvlarga guvoh bo'lishga taklif qildilar.

Tomoshabinlar uchun bo'lajak turnirga bag'ishlangan viktorina ham o'tkazildi, unda 10 nafar baxtli g'olib bosh homiy – "McCoffee" va O'zbekiston xokkey Federaciyasidan ajoyib sovg'alarini qo'lga kiritdi.

Osiyo va Okeaniya kubogining ochilish o'yini 23 aprel kuni soat 19.30 da “Humo Arena”da bo'lib o'tadi va unda O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Ushbu o'yinga, shuningdek, guruh bosqichidagi jamoamiz ishtirokidagi boshqa barcha o'yinlarga chiptalarni iTicket.uz saytidan xarid qilishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing