So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

26 may 08:07
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" mavsumoldi ilk transferini elon qildi

Teglar :  HumoIlya Nazarevich
Xokkey bo'yicha Toshkentning "Humo" klubi Qozog'iston Ochiq chempionatining 2023-2024 yilgi mavsumiga tayyorgarlikni boshlash arafasida.

Jamoa yangi mavsum oldidan ilk transferini elon qildi. Unga ko'ra rossiyalik himoyachi Ilya Nazarevich endilikda "qanotlilar" jamoasi safida harakat qiladi. Ilya shu kungacha Rossiya va Belarusning 23 ta jamoasida turli musobaqalarda 230 ta o'yinda muzga chiqqan va raqiblar darvozasiga 38 ta shayba kiritgan. SHuningdek, Nazarevich faoliyati davomida sheriklarining 58 ta goliga hammualliflik qilgan. Uning so'nggi klubi Rossiyaning "Zvezda" jamoasi bo'lib turibdi.

Nazarevich jamoa bilan kelishuvga erishganidan so'ng "qanotlilar"ga salom yo'lladi:

"Assalomu alaykum, O'zbekiston! "Humo"dek jamoaning bir qismiga aylanganimdan juda xursandman. Toshkentda ajoyib arena va uchrashuvlar paytidagi muhit mavjud.

Men va oilam uchun bu boshqa mamlakatda yashashning yangi tajribasi. Odamlarning mehmondo'stligi haqida eshitganmiz. Men allaqachon muzga chiqishni va "Humo" muxlislarini o'yinlarimiz bilan xursand qilishni intiqlik bilan kutyapman.

Qachon kelib, haqiqiy o'zbek palovini tatib ko'ramiz, deb uydagilar hozirdan so'rashmoqda. Bolalar allaqachon O'zbekiston bayrog'i va xaritadagi joylashuviga qiziqishmoqda. Ular har doim yangi do'stlar va sarguzashtlar orttirishdan xursand. Men esa o'z navbatida, jamoaga o'z maqsadlariga erishish va klub hamda mamlakatga g'alaba keltirishda yordam berishga qaror qildim".

Avvalroq, "Humo" ximoyachisi Nikita Zimin faoliyatini Rossiyaning "Molot" jamoasida davom ettirishi haqida xabar bergan edik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing