So’nggi yangiliklar

13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0

28 mar 16:23
Yangiliklar

Engil atletika

III Xalqaro Toshkent marafoni yakunlandi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Marafon
Musobaqaning ochilish marosimi tantanali ruhda tashkil qilindi.

Unda O'zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, O'zbekiston triatlon federaciyasi raisi Viktor Mahmudov, O'zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov so'z olib, tashkil qilinayotgan ushbu marafon muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzi targ'iboti yo'lida katta o'rin tutishini alohida takidlab o'tdi. SHuningdek, tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O'zbekiston MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avaz Karimov ham ishtirok etdi.

SHundan so'ng dastlab marafon va yarim marafon, ekiden marafon, so'ng 3 kilometr masofaga o'tkazilgan bellashuv ishtirokchilari navbatma-navbat startga chiqishdi. Takidlash joiz, bu yilgi poyga doirasida ilk bor ekiden marafoni bo'yicha ham bellashuvlar o'tkazilmoqda. Ushbu marafon trassasi xalqaro sertifikatga ega bo'lib, unda Olimpiada normativini bajargan sportchilar Tokio-2020ga yo'llanma olishi mumkin.

III Toshkent Xalqaro marafonida barcha yo'nalishlar bo'yicha g'olib va sovrindorlar bilan tanishing:

3 km masofada

2004-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar

1. Diyorbek Ahmedov (2004 yil, Samarqand) – 9:33 daqiqa


1976-2003 yillarda tug'ilgan yoshlar

1. Hasan Mirsoatov (1999 yil, Toshkent vil.) – 9:07 daqiqa


1975 yil va undan katta yoshlilar

1. Kamol Toshpo'latov (O'zbekiston) – 11:29


2004-2008 yillarda tug'ilgan qizlar

1. Oyzira Jo'raqulova (2005 yil, Surxondaryo) – 10:49 daqiqa


1976-2003 yillarda tug'ilgan qizlar

1. SHohsanam Xurramova (2003 yil, Surxondaryo) – 10:18 daqiqa


1975 yil va undan katta yoshli ayollar

1. Anna Gladysheva (O'zbekiston) – 18:03


Yarim marafon

Erkaklar

1. SHoxrux Davlatov (Surxondaryo) – 1:06.05

2. Evgeniy Fadeev (Surxondaryo) – 1:07.14

3. Otabek Toshquvvatov (Samarqand) – 1:07.19


Ayollar

1. Darya Maslova (Qirg'iziston) – 1:13.19

2. Aziza Mirzaakbarova (Andijon) – 1:16.14

3. Gulshanoy Sattarova (Qirg'iziston) – 1:16.44


Marafon

Erkaklar

1. Vladislav Mamedov (O'zbekiston)

2. Ilya Tyapkin (Qirg'iziston)

3. Zikrilla Mamatqulov (O'zbekiston)


Ayollar

1. Mariya Karabeckaya (Qirg'iziston)

2. Janna Mamajonova (Qozog'iston)

3. Ekaterina Tunguskova (O'zbekiston)


Ekiden

Erkaklar

1. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

2. Surxondaryo viloyati terma jamoasi

3. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti


Ayollar

1. Farg'ona viloyati terma jamoasi

2. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi

3. O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi


Marafondan olingan suratlarni tomosha qiling.

Suratlar muallifi: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing