So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 2 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

16 apr 11:17
Yangiliklar

Kurash

IKA Boshqaruv yig'ilishida 20 ga yaqin masalalar ko'rib chiqildi

Teglar :  IKAHaydar Farmon
BAA ning Dubay shahrida Xalqaro Kurash associaciyasining navbatdagi Boshqaruv yig'ilishi bo'lib o'tdi.

To'rt soat davom etgan yig'ilishda dunyo kurashiga oid 20 ga yaqin masalalar muhokama qilindi. Hisobotlar tinglandi, kelgusidagi faoliyat bo'yicha reja hamda maqsadlar belgilab olindi. Yuzaga kelgan muammoli holatlarni bartaraf etish bo'yicha aniq manzilli qarorlar qabul qilindi.

IKA Prezidenti Haydar Farmon raisligida o'tgan yig'ilishda IKA vice-prezidentlari, qitaviy konfederaciyalar prezidentlari, Boshqaruv azolari, IKA Administraciyasi va kurash vatani vakillari ishtirok etdi.

Dastlab, yig'ilishni IKA Prezidenti ochib berdi. Bir necha kun avval Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida muvaffaqiyatli tarzda o'tkazilgan SportAccord 2024 xalqaro biznes va sport sammitidadi Kurashning taqdimoti haqida malumot berdi. Ananaga ko'ra yig'ilish kun tartibi tasdiqlandi. 

SHundan so'ng Afrika, Osiyo, Evropa va Panamerika qitasining Kurash konfederaciyalari Prezidentlarining 2024 yilgi musobaqalar taqvim rejasi bo'yicha hisobotlari tinglandi. Xalqaro Kurash instituti tomonidan olib borilayotgan faoliyat, murabbiylik va hakamlik seminarlari taqdimot qilindi.

SHundan so'ng IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy tomonidan Osiyo qitasidagi Janubiy Osiyo va Janubiy SHarqiy Osiyo chempionatlari, ularning yuqori darajada tashkil etish va musobaqalar doirasida kurash yaktaklari va gilamlarini taqdim qilish masalalari bo'yicha hisobot taqdim etildi.

Ijroiya qo'mita kun tartibidani navbatdagi masala bo'yicha IKA vice-prezidenti Ziyoviddin Xojiniyozov tomonidan xalqaro maktab o'yinlari, Islom birdamlik o'yinlari kabi nufuzli sport o'yinlar Dasturidan joy olish borasidagi olib borilayotgan muzokaralar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

SHuningdek, yig'ilish davomida hakamlik, kurashchilar vaznlari, milliy federaciyalardagi paralel faoliyat, IKA azoligi va tan olinish kabi bir qancha muammoli holatlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari  yig'ilishda, O'zbekiston Kurash federaciyasi raisi yordamchisi Sardor Karimov tomonidan Jahon professionallar seriyasi musobaqasining 2024 yilda o'tkazilishi bo'yicha hisoboti taqdim etildi.

Yig'ilish samimiy ruhda yakunlandi va IKA Prezidenti barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing