So’nggi yangiliklar

19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0

13 sen 18:38
Yangiliklar

Taekvondo

Ikki erkakni do'pposlagan sportchi qizga nisbatan jinoyat ishi tugatildi

Teglar :  TaekvondoNamangan
Namanganda ikki erkakni do'pposlagan Gulsanam Alijonovaga nisbatan jinoyat ishi tugatildi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri Azizbek Abduvaliev.

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillarining malum qilishicha, Gulsanam Alijonovaning jinoyat ishi yuzasidan viloyat prokuraturasiga jazoni engillashtirish bo'yicha amaliy yordam so'rab murojaat etilgan.

SHuningdek, Yoshlar ittifoqi Norin tuman kengashi Gulsanamning jamoat ishlarida faolligi, 2019 yildan buyon volontyor sifatida faoliyat yuritishi va sportdagi yutuqlarini inobatga olib, qayta jinoyat sodir etmasligi bo'yicha kafillikka olgan.

Norin tuman IIB mutasaddilariga ko'ra, JPKning 84-moddasi, 5-qismi, 2-bandiga asosan, Gulsanam Alijonovaning muqaddam sudlanmaganligi, qilgan ishidan pushaymonligi, jabrlanuvchilarning davosi yo'qligi, sodir etgan harakati uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar turiga kirishi, shuningdek, Yoshlar ittifoqi kafilligini inobatga olib, ayblilik to'g'risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Gulsanam Alijonovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko'rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko'rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgandi.

Uning o'zi «Daryo» muxbiri bilan suhbati chog'ida opasini kuzatishga chiqqanida futbolka va shortikda bo'lgani uchun masxara qilgan yigitlarga javob qaytargani va shanini himoya qilganini bildirgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing