So’nggi yangiliklar

10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0

16 iyu 07:49
Yangiliklar

Eshkak eshish, Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari

Ikki federaciya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha hisobot berdi

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan Olimpiya o'yinlari dasturidagi har bir federaciya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha hisobot topshiradi.

Kecha Milliy olimpiya qo'mitasida ana shunday hisobotlardan biri o'tkazildi. Unda O'zbekiston “ROWING & CANOE” hamda suv sporti federaciyalarining ishi ko'rib chiqildi. 

Yig'ilishni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov olib bordi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidentlari Saken Polatov va Aziz Kamilov, shuningdek, qo'mitaning boshqa xodimlari, barcha federaciyalarning mutasaddi rahbarlari va OAV vakillari ham ishtirok etishdi. 

Takidlash joiz, ushbu yig'ilish tanqidiy ruhda o'tkazildi. Hisobot uchun dastlab ushbu ikki federaciya tanlab olingani ham bejiz emas. Zero, mazkur sport turlari Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medal o'ynaladigan yo'nalishlarni qamrab oladi. Biroq bu bo'yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari u qadar ham ko'ngildagidek emas. R.SHoabdurahmonov bunga alohida to'xtalib o'tdi. 

Hozirgi kunda biz uchun eng dolzarb masala Tokio Olimpiadasi va unga tayyorgarlik. SHu asosda sport federaciyalari va mashg'ulotlar jarayonini yanada kuchaytirish kerak. Yaxshi natijaga erishish uchun biz jon kuydirib ishlashimiz, oldimizda turgan barcha muammolarni hal qilmog'imiz lozim. SHuningdek, sport tibbiyoti va farmakologiyasi bo'yicha dunyoning etakchi mamlakatlari bilan hamkorlik ishlarini ham yo'lga qo'yishimiz talab etiladi. Barcha federaciya va associaciyalar diqqatiga, taqvimdagi licenzion va reyting ochko beradigan musobaqalar hamda ulardagi muvaffaqiyatli ishtirokimizni nazorat qilish kerak. Atletlarimizning yuqori natija qayd etishida faxriylarimizning ham yordami as qotadi. Ulardagi boy tajribadan foydalanib qolaylik. Har bir federaciyaga faxriylar to'liq biriktirilsin va ular imkoniyati darajasida terma jamoa bilan ishlashsin”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

Yig'ilishda dastlab O'zbekiston “rowing & canoe” federaciyasining hisoboti tinglandi. Hisobotni federaciya Bosh kotibi Vyacheslav Didrix o'qib eshittirdi. Unda V.Didrix sportchilarimizning yil boshidan beri nufuzli xalqaro musobaqalarda qayd etib kelayotgan natijalarini, bu yilgi jahon chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik, Tokio Olimpiadasi uchun ko'zlanayotgan yo'llanmalar va medal bo'yicha tahliliy taqdimot qilib berdi. SHuningdek, suv sporti turlari federaciyasi Bosh kotibi Alisher G'aniev ham xuddi shu asosda tayyorlab kelgan taqdimotini namoyish qildi. 

Yig'ilish davomida har ikki federaciyaning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, oldinda qilinishi kerak bo'lgan ishlar va chora-tadbirlar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi. SHuning bilan yig'ilish o'z ishini yakunladi. Federaciyalarning kelgusi hisoboti yana ikki haftadan so'ng o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing