So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

07 iyu 18:28
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ikki karra jahon chempioni, to'rt nafar "engilmas" va o'zimizning "qorako'zlar". Lift Promotions Britaniyaning Disrupt Promotions kompaniyasi bilan dahshatli turnir o'tkazadi!

16 iyun kuni poytaxtimiz Toshkentda katta professional boks oqshomi o'tkaziladi.

Mazkur boks oqshomi O'zbekistonning Lift hamda Britaniyaning yangi tashkil etilgan Disrupt promouterlik kompaniyasi o'rtasida o'tkaziladi.

To'liq kard hech qaerda elon qilinmadi, garchi turnirga bor yo'g'i to'qqiz kun qolgan bo'lsa-da. Ammo, boks kechasida Disrupt'ning qaysi bokschilari ringga chiqishi malum bo'lib ulgurdi.

Ulardan eng katta nomga egasi bu shubhasiz Pol Batler. U eng engil vaznda ikki bor jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Faoliyati davomida 37 ta jang o'tkazib, ularning 34 tasida g'alaba qozongan, atigi uchta jangda mag'lubiyat alamini totgan. So'nggi jangida yaponiyalik Naoya Inouega imkoniyatni boy bergan. 16 iyunning asosiy yulduzi hali kim bilan jang qilishi ham elon qilinmagan. SHu boradagi tashkilotchilikda biroz oqsash bo'lyaptimi, bilmadim. Odatda, biror turnir oldidan kamida bir oy avval targ'ibot-tashviqot ishlari boshlanadi, ammo biz odatlarga qarab o'tirmaymiz-ku)




Fevral oyida Londonda tashkil etilgan Disrupt Promotion Toshkentdagi turnir haqida shunday bayonot bilan chiqdi:

"Biz ilk yirik tadbirimizni elon qilishdan mamnunmiz, tadbirda o'z kareralarining turli bosqichlarida bo'lib turgan jangchilar ishtirok etadi.

Tadbirni boksga ishtiyoqi baland bo'lgan O'zbekistonda o'tkazayotganimiz — hayajon va intizorlikni yanada oshirmoqda.

Kard istedodlarga to'la. Intiqlik bilan kutilgan ikki karra jahon chempioni Pol Batler ringga qaytmoqda. Hali mag'lubiyatga uchramagan Jo MakGreyl, Stiven Keyrns va Yan Markos — hozirda raqobatlashayotgan eng qiziqarli istiqbollardan uchtasi.

Biz O'zbekistondagi boks muxlislari uchun ajoyib shou bo'lishiga ishonamiz va yil ohirigacha yuqori darajadagi tadbirlarni o'tkazishdan mamnunmiz".




Kard doirasida Liverpulda tug'ilgan Joe MakGreyl (7-0) ham jang qiladi. U nikaragualik Joel Sanches (5-36-1) bilan to'qnash keladi. Ha, reyting jangi.

MakGreyl o'z debyutini 2021 yilda meksikalik Fran Rodrigesga qarshi o'tkazgan edi. SHundan buyon, u istiqbolli bokschi ekanini isbotlab kelmoqda.




"Temir Odam" laqabli Stiven Keyrns (5-0) esa o'zining ilk jangida polshalik Yakub Laskovskidan ustun kelgan edi.

Keyrns 16 iyun kuni chexiyalik Maykl Dufek (35-27-2) bilan jang qiladi. Yana bir reyting jangi)




Kardning yana bir yulduz bokschisi bu kubalik Yan Markosdir. U prof boksda shu kunga qadar to'qqizta jang o'tkazib, ularning barchasi g'alaba qozongan. Janglarining oltitasida raqiblarini nokaut qilgan. 22 yoshli bokschiga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas. Etiborlisi, Markos prof boksdagi deyarli barcha janglarini juda tajribali bokschilarga qarshi o'tkazgan. Yani, reyting uchun janglar u uchun biroz ahamiyatsizdek.


Turnirda eng engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik mashhur bokschi Mirazizbek Mirzahalilov (2-0) ham ringga chiqishi aytilmoqda. Unga qozog'istonlik Nurslan Sabirov (7-2) raqiblik qilishi kutilmoqda. Ahamiyatlisi, jang WBA Asia mintaqaviy kamari uchun o'tkaziladi.




Xabaringiz bo'lsa kerak, Lift Promotion o'z turnirlari davomida Gran-Pri o'tkazayotgan edi. Unda birinchi yarim o'rta vazn toifasida finalga etib kelgan o'zbekistonlik Mujibillo Tursunov (2-0) qozog'istonlik Dilshat Nurim (6-0) bilan jang qiladi. Bu jang shuningdek, WBC Asia mintaqaviy kamari uchun ham kechadi.

Avvalroq, Mujibillo havaskorlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, chorak finalga qadar etib borgan edi.




SHuningdek, turnirning o'rta vazn toifasidagi (72,5 kg) Gran-Prisida yarim final janglari o'tkaziladi. Unda o'zbekistonlik Anvar Turopov (8-1) boshqa bir hamyurtimiz — Islom Mo'minov bilan jang qilsa, ikkinchi juftlikda qozog'istonlik Bereket Tairov (1-0) O'zbekiston vakili Suhrob Qayumovga qarshi ringga chiqadi. To'liq kard elon qilinsa, yana qaysi bokschilar Toshkentda jang qilishini bilib olar edik. Umid qilamizki, turnir o'z obro'sini muxlislar oldida ham, mutaxassislar oldidan ham to'la namoyon etadi.




Toshkent, O'zbekiston, tayyorlaning: so'nggi yillardagi eng yirik professional boks oqshomlaridan biri kelmoqda!



Muallif: Diyorbek Mavlonov/olamsport.com

Maqolani yozish jarayonida BoxingScene.com hamda disruptpromotions.com malumotlaridan foyladanildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing