So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

13 apr 13:58
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ikki kurashchimiz Osiyo chempionati finalida, yana ikkisi bronza uchun kurashadi

Qozog'istonning Astana shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun erkin kurash bo'yicha musobaqa boshlandi. Biroz avval saralash bellashuvlari yakunlanib, kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqadigan kurashchilar nomi malum bo'ldi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bo'ladi. 

Jumladan, -70 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Zafarbek Otaxonov finalga yo'l oldi. U avvaliga hindistonlik Mulyas Yadavni 10-0, 1/4 finalda yaponiyalik Yoshinosuke Aoyagini 3-1, 1/2 finalda iordaniyalik SHamail Isakovni 10-0 hisobida dog'da qoldirdi. Zafarbekning Osiyo chempionligi uchun kechadigan final bellashuvidagi raqibi Sanjar Dosjanov (Qozog'iston) bo'ladi. 

Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov (-79 kg) 1/4 finalda SHuhrat Bozorov (Tojikiston)ni 11-0, 1/2 finalda esa Dipak Dipak (Hindiston)ni 10-0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning finaldagi raqibi Bolat Sakaev (Qozog'iston) bo'ladi.  

Qolgan ikki kurashchimiz Umidjon Jalolov (-65 kg) va Maxsud Veysalov (-97 kg) bronza medali uchun gilamga chiqadi. Buenos-Ayres-2018 o'smirlar Olimpiadasi chempioni Umidjon Jalolov 1/2 finalda mo'g'ulistonlik Tumur Ochir Tulgaga 2-5, Veysalov esa xitoylik Avusayiman Habilaga 0-10 hisobida yutqazib qo'ydi. 


Oltin medal uchun

-70 kg: Zafarbek Otaxonov - Sanjar Dosjanov (Qozog'iston)

-79 kg: Bekzod Abdurahmonov - Bolat Sakaev (Qozog'iston)


Bronza medali uchun 

-65 kg: Umidjon Jalolov - Ulukbek Joldoshbekov (Qirg'iziston)  

-97 kg: Mahsud Veysalov - Dipak Dipak (Hindiston) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing