So’nggi yangiliklar

16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0

12 iyu 07:27
Yangiliklar

Eshkak eshish

Ikki nafar kanoechining doping-sinamasidan “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlandi

Teglar :  DopingKanoe
Xabaringiz bor, yana sanoqli kunlardan so'ng orziqib kutilgan Tokio yozgi Olimpiya o'yinlariga start beriladi.

Hozirda barcha mamlakat vakillari kun chiqar yurt Yaponiya iqlimiga moslashish va so'ngi o'quv-mashg'ulotlarini aynan shu erda o'tkazish uchun tashrif buyurishmoqda.

Rejaga asosan Butunjahon antidoping agentligi tomonidan olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritgan sportchilardan olimpiadaga qadar kamida 2 marta doping-sinama olish tartibi joriy etilgan.

Tokioga yo'l olgan rossiyalik ikki nafar sportchidan doping aniqlangan. Malum bo'lishicha, 17 iyunda kanoeda eshkak eshish bo'yicha terma jamoa azolaridan doping-sinama olingan. 6 iyul kuni natijalar elon qilingan va rossiyalik kanoechilar Nikita Morgachev hamda Pavel Sorinning doping-sinamalaridanmeldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangan.

Etiborli jihati bu natija kanoechilar Tokioga uchib ketishiga 4 soat qolganda malum bo'lgan va aeroportning o'zida ushlab qolingan. Sportchilarning takidlashiga ko'ra,  meldoniy moddasi ularning tanasiga qo'shimcha sport ozuqalari orqali kirgan. Lekin ular istemol qilgan barcha sport ozuqalari murabbiylar shtabi hamda Federal tibbiy-biologik agentligi huzuridagi Butunrossiya sport tibbiyoti markazi tomonidan maqbullangan. SHunday qilib, N.Morgachev va P.Sorin Olimpiadada qatnashish talabnoma ro'yxatidan olib tashlangan.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing