So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

21 may 14:39
Yangiliklar

Taekvondo

Ikki nafar taekvondochimiz Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritishga yaqin

Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo'yicha Osiyo qitasi uchun licenzion turnir o'tkazilmoqda.

Musobaqada uch nafar o'zbekistonlik taekvondochi licenziya uchun kurash olib bormoqda. 

Bugungi bahslarda ikki hamyurtimiz bahslarda qatnashmoqda. 

Erkaklar o'rtasida -68 kg vaznli Ulug'bek Rashitov birinchi davrada mo'g'ulistonlik raqibni 28:11, ikkinchi bosqichda esa filippinlik sportchini 23:9 hisobida mag'lub etdi. Birozdan so'ng u yarim finalda qozog'istonlik Qayrat Sarimsakovga qarshi jang qiladi. Ushbu jang g'olibi final bilan birgalikda, Tokio Olimpiadasi licenziyasini ham qo'lga kiritadi. 

Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda esa Nigora Tursunqulova -67 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashadi. Etiborlisi, ushbu vaznda faqatgina uch nafar taekvondochi qatnashadi. Licenziya esa ikkita. Mezbon sportchi Yulyana Al Sodiq reytingi yuqoriroq bo'lgani sabab to'g'ridan-to'g'ri finalga chiqqan. Aniqrog'i, u licenziyani naqd qilib qo'ygan. Yarim finalda esa Nigora Tursunqulova qatarlik Maram Fatnassiga qarshi jang qiladi. Agar taekvondochimiz ushbu jangda g'alaba qozonsa, Tokio Olimpiadasiga yo'llanma oladi. 

Janglar birozdan so'ng boshlanadi. 

+67 kg vaznli Svetlana Osipova esa ertaga bahslarda qatnashadi.

www.olamsport.com sayti ushbu musobaqada qatnashayotgan har uchchala taekvondochimizga omad tilaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing