So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

24 okt 09:00
Yangiliklar

Boshqalar

Ilk bor golbol bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi

Teglar :  ParalimpiyaGolbol
Yurtimizda paralimpiya sport turlari geografiyasini yanada kengaytirish, ayniqsa jamoaviy sport turlarini rivojlantirish O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasining asosiy maqsadidan biri hisoblanadi.

Bu borada belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 21-23-oktyabr kunlari xira va zaif ko'ruvchi hamda ko'zi ojiz sportchilar o'rtasidagi golbol bo'yicha ilk bor O'zbekiston chempionati tashkil etildi. Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 10 ta jamoa g'oliblik uchun bahs olib bordi.

Qizg'in va murosasiz kurashlarga boy o'tgan musobaqa yakunida g'oliblik Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi. Kuchli uchlikdan esa Toshkent hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari joy oldi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston ko'zi ojizlar sporti federaciyasi rahbariyati ishtirok etdi. G'olib va sovrindor bo'lgan jamoalar esa tashkilotchilar tomonidan medal, maxsus diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Takidlash kerakki, ushbu mamlakat chempionatida o'z iqtidorini namoyon eta olgan hamda kuchlilar safidan joy olgan sportchilar kelajakda golbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi va xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing