So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

29 jan 13:08
Yangiliklar

Tadbirlar

Ilmiy tadqiqotlar instituti xalqaro hamkorlikni boshladi + FOTO

Teglar :  O'zDJTSURossiya
SHu kunlarda Rossiya davlat jismoniy madaniyat, sport va turizm universiteti SHarq yakkakurashlari va kurash nazariyasi hamda uslubiyati kafedrasi professori Viktor SHiyan yurtimizda mehmon bo'lib turibdi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-o'qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risi”dagi PQ-4877-sonli Qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashkil etildi. Ilmiy tadqiqotlar instituti shu yilning yanvar oyidan o'z faoliyatini boshladi. SHu kunga qadar Rossiya, Belarus Respublikasi, Xitoy, Yaponiya, Germaniya va boshqa etakchi xorijiy davlatlarning ushbu sohadagi tajribasi va u erda faoliyat olib borayotgan olimlar faoliyati atroflicha o'rganib chiqildi.

O'rganishlar natijasiga ko'ra, jismoniya tarbiya va sport sohasida ilmiy tadqiqotlar masalasi bo'yicha ko'p yillik tajribaga ega, 15 yil davomida Rossiya jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga rahbarlik qilgan, hozirda Rossiya davlat jismoniy madaniyat, sport va turizm universiteti SHarq yakkakurashlari va kurash nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori SHiyan Viktor Vladimirovich O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan mamlakatimizga taklif etildi.

Yurtimizda mehmon bo'lib turgan  xorijlik olim V.V.SHiyan tashrif doirasida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. 

Xususan, V.V.SHiyan kecha 28 yanvar kuni institutning tashkiliy tuzilmasi, xodimlar tarkibi, ustuvor vazifalari hamda istiqbolli rejalarini ko'zdan kechirib, ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi va o'zining foydali maslahatlari bilan o'rtoqlashdi. 

Jumladan:

Jismoniy tarbiya va sport sohasining nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish;

Jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, xalqaro hamda mahalliy ilmiy va amaliy grant loyihalarini jalb etish; 

Yuqori malakali sportchilarning o'quv mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish davrida kompleks ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va innovacion texnologiyalarni keng qo'llash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish; 

sport turlari bo'yicha terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan ko'maklashish;

sport psixologiyasi, dietologiyasi, reabilitaciyasi va tibbiyoti bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, o'quv-qo'llanmalar, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish;

aholi o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali, ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish;

sportchilarning funkcional, biokimyoviy, psixodiagnostika, biomexanik ish qobiliyatini diagnostika qilish va korrekciyalash tizimini yo'lga qo'yish;

selekciya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida trener-selekcioner va mutaxassislarga metodik yordam berish;

aholining jismoniy tayyorgarligi holati natijalarini monitoring qilish va korrekciyalash bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish;

tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish yuzasidan o'z takliflarini berdi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabrdagi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida»gi O'RQ-576-son Qonuni, 2020 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4877-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida pedagogika fanlari doktori, professor I.A.Koshbaxtiev hamda A. SH. Hamroevning “O'zbekiston Respublikasi terma jamoalarida yuqori toifadagi sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish” yo'nalishi bo'yicha inson mushaklari biomexanikasini o'rganish; Suniy intellektdan foydalanishga asoslangan instrumental usullardan foydalangan holda mushaklarni tortish kuchining kattaligini aniqlash uchun apparat qurilmasini ishlab chiqish ilmiy-amaliy loyihasi muhokama etildi. Ushbu loyihaning dolzarbligi, loyiha natijalarni sinovdan o'tkazish va uni amalga oshirish yuzasidan ham aniq tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari universitet professor-o'qituvchilari, Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari, doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilar ishtirokida seminar tashkil etildi. 

Seminarni universitet rektori, professor M.Boltabaev ochib berib, rossiyalik olim V.V.SHiyanga tashrifi uchun minnatdorchilik izhor etdi. 

Seminarda institut laboratoriyasi xodimlari, mustaqil izlanuvchilar D. Berdieva, G. Boqieva hamda S. Sobirovalarning “Layoqatli sportchilarni tanlab olishda genetik, fiziologik va biokimyoviy ko'rsatkichlarga asoslangan innovacion usullarni ishlab chiqish” mavzusidagi grand loyihasi ham xorijlik mutaxassis ishtirokida muhokamadan o'tkazildi va ularga grand loyihasi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Seminar yakuniga etgach, professor V. V. SHiyan ishtirokida  engil atletikachilar uchun mo'ljallangan trenajyor zali, yangidan bunyod etilgan boks zali va kurash turlariga ixtisoslashgan zalni borib ko'rishdi. Mehmon talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, har tomonlama qulay va zamonaviy tipda qad rostlagan bunday sport zallari, o'quv xonalariga yuqori baho berib, so'nggi yillarda O'zbekistonda jismoniy tarbiya sportga yanayam kuchli etibor qaratilayotganini takidlab o'tdi. 

Rossiya davlat jismoniy madaniyat, sport va turizm universiteti SHarq yakkakurashlari va kurash nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori SHiyan Viktor Vladimirovich ishtirokida 31 yanvarga qadar universitet mutaxassislik kafedralari professor-o'qituvchilari uchun “Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish yo'llari” mavzusida mahorat darslari tashkil etiladi.

O'zDJTSU Milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o'qituvchisi Mirjalol SHUKUROV hamda o'z muxbirimiz Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing