So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

25 iyu 18:02
Yangiliklar

Sambo

Intervyu. Alamjon Mullaev Toshkentdagi Osiyo chempionati, qita sambosidagi raqobat va boshqa masalalar haqida

Xalqaro sambo federaciyasi rasmiy sayti ayni paytda Osiyo sambo uyushmasi prezidenti lavozimida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Alamjon Mullaev bilan intervyu tashkil etdi.

Intervyu davomida Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionati, qita sambochilari o'rtasidagi raqobat, shuningdek tashkilot rahbarligidagi yangi maqsad va vazifalar haqida so'z boradi. 

- Xech kimga sir emas, Toshkentdagi Osiyo chempionati noyabrda o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini bajardi. Sizningcha, musobaqa qay darajada tashkil etildi?

- Men xursand bo'ldim. Bunday turdagi musobaqalar qanchalik ko'p o'tkazilsa, shuncha yaxshi. Tajribaning ortiqchasi bo'lmaydi - har bir yangi tadriba avvalgilari bilan taqqoslash uchun ajoyib imkoniyatdir. Muvaffaqiyatli holatlarni qayd qilib qo'yamiz, kamchiliklarga etibor qaratamiz va rivojlanishda davom etamiz. Ishonamanki, noyabr oyida biz sambo dunyosini hayratda qoldira olamiz. Mamlakat sport va turizm vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi ham bu borada o'z yordamini ko'rsatmoqda. Bizga ularning qo'llab-quvvatlovi zarur. 


- O'zbekiston sambo associaciyasi o'z vazifasini uddaladi deb ayta olasizmi?

- SHubhasiz. Amalga oshirilgan ish uchun shaxsan associaciya rahbari Alisher Alimov va uning jamoasiga minnatdorchilik bildirishni istardim. Qayd etish lozimki, u mazkur lavozimda ish boshlaganida holat umuman boshqacha edi. Bugungi kunga kelib, biz farqni his qildik. Alisher Rixsibaevich o'z oldiga umidli va mahoratli kadrlarni to'play olgan serg'ayrat rahbardir. 



- Muxlislarning tribunada bo'lmagani - o'ylangan rejami?

- Ha. Biz jahonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sabab muxlislarsiz o'tkazishga qaror qildik. Rasmiy shaxslar va federaciyalar rahbarlarini hisobga olmaganda, zalda faqat sportchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlari va terma jamoalar vakillari bo'lishdi. Ochilish marosimida esa mahalliy ansambl va xonandalar o'z chiqishlari bilan barchamizni xursand etishdi. 


- O'zbekiston va Qozog'iston yaqqol etakchilik qilganiga qaramay, qitada raqobat darajasi yaxshigina o'sgani sezildi...

- Fikringizga qo'shilaman. Medal uchun o'tkazilgan bahslar shiddatli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. SHuningdek, ko'pchilik yirik musobaqalarni sog'ingani ko'rindi. Yigitlarning ko'zlari yonib turganiga guvoh bo'ldim. Qiyinchiliklarga qaramay, Toshkentga Iroq va Falastindan ham sportchilar borishdi. Afsuski, Mo'g'uliston va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari bahslarda qatnashishmadi, aks holda gilam yanada "yonardi". Ammo, ularni ham tushunish lozim - uyga qaytgandan so'ng ikki haftalik karantinda o'tirish oson emas. 

Yaqin orada Indoneziyada ochiq chempionat o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu mintaqadani ham jonlantirmoqchimiz. Kelasi yili esa Osiyo chempionati Livanda o'tkaziladi. Bu samboning Yaqin SHarqqa "yurishi" bo'ladi. Umumiy olganda, Osiyoda sambo rivojlanmoqda. Bu Serbiyadagi jahon chempionatidagi natijalarda ham aks etdi. 



- Qozog'istonlik qizlarning musobaqaga ajoyib formada kelishi sizni hayron qoldirdimi?

- Ha, bu menda yaxshi taassurot qoldirdi. Ular tomonidan qo'lga kiritilgan oltin medallar terma jamoada ish qay darajada yaxshi yo'lga qo'yilganini ko'rsatib turibdi. Demak murabbiy va sportchilar mehnat qilishmoqda, ular o'rtasida o'zaro ishonch va ahillik bor. 


- Yaqinda siz 2025 yilga qadar Osiyo sambo uyushmasining rahbari lavozimiga qayta saylandingiz. Bu muddat uchun o'z oldingizga qanday vazifalar qo'ymoqdasiz?

- Eng asosiy vazifa - milliy federaciyalar faoliyatini rivojlantirish va etishib chiqayotgan avlodga asosiy etiborni qaratish. Ayniqsa, sambo sporti o'zining ilk qadamlarini tashlayotgan mamlakatlarga. SHuningdek, Xitoy bilan ham hamkorlik qilmoqchimiz. U erda sportchilarni qanday tayyorlashni bilishadi. Agar barchasi reja asosida kechsa, qitada raqobat kuchaysa bundan faqat xursand bo'laman. CHunki biz uchun samboni ommaviylashtirish muhim.


- Sport turining ommaviylashuvi tomoshabopligiga ham bog'liq. Bu borada jangovar sambo oddiysini ortda qoldirayotgandek...

- Aralash yakkakurashlar jadal suratda rivojlanmoqda. Bu borada homiylar va televideniya kam katta rol o'ynaydi. Muxlislar yuqori temp, yorqin effektlar istashadi. Jangovar sambo esa ushbu talablarga javob bera oladi.

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing