So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

22 fev 16:46
Yangiliklar

Karate

Intervyu. Sadriddin Saymatov Tokio licenziyasi uchun imkoniyatlar, eronlik murabbiy va boshqa masalalar haqida

Taniqli karatechimiz Sadriddin Saymatov intervyu berdi.

- Nima uchun aynan karate sport turini tanlagansiz?

- Men karateni emas, karate meni tanlagan desam adashmagan bo'laman. Bolaligimda karatedan oldin juda ko'p sport turiga borganman. Borgan sport turlarim yopilib ketavergan, nimagadir. Dastlab, “Turon” yakkakurashlari, Kiokushinkay karate, sambo, milliy kurash, dzyudo, qo'l jangi sport turlariga qatnaganman. 

Bir kuni onam viloyat Barkamol avlod markazidagi “Yosh jurnalistlar” to'garagiga olib borgan. sho'x va quloqsizroq bola bo'lganim bois o'sha to'garak yonidagi karate maktabini ko'rib qoldim, qarasam bolalar tartib-intizom bilan shug'ullanishyapti. Bu menga maqul keldi va shu sport bilan shug'ullana boshladim. 


- Yaqinda bo'lib o'tgan Dubaydagi Gran-pri musobaqasidagi muvaffaqiyatsizlikka nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Sportda kutilmagan voqealar ko'p bo'ladi. Musobaqaga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Texnik va taktik tomonlama ancha ishlagandik. Birinchi va ikkinchi jangimda g'alaba qozondim. Keyingi bosqichda, tajribali kuchli raqibga qarshi jangimda  1-0 hisobida oldinda borayotgandim. Jang yakunlanishiga oz vaqt qolganida, raqibning oyoq bilan yo'llagan qarshi hujum zarbasini o'tkazib yubordim.   Oz vaqt qolgani bois 3-2 hisobigacha o'zgartira oldim, xolos. Bu mening xatoim bo'ldi, albatta, buni keyingi musobaqalarda to'g'rilagan holda yaxshi natijalar qayd etaman.


- O'z xato va kamchiliklaringizni hamda o'zingizda kuchaytirishingiz kerak bo'lgan jihatlarni bilib oldingizmi? 

- Bilasizmi, hozir sport shu darajaga etdi-ki, u shaxmatga o'xshaydi. Har bir musobaqada har xil taktik uslub bilan borishingiz kerak. Hozirgi musobaqadagi taktik ishlanmalar, keyingisida ish bermasligi mumkin. Har bir musobaqaga turlicha texnika va taktikalarda borish kerak. Bu musobaqaga ham alohida reja bilan borgan edik. Hammasi yaxshi ketayotgandi, biroq chorak finalda kichik xatolarim evaziga yutqazdim. Oldinda bir necha kun vaqtimiz bor, xatolarim ustida ishlab, Avstriyaning Zalcburg shahrida o'tadigan keyingi Premer-liga musobaqasida ijobiy natijalar uchun harakat qilaman,


- Demak, muvaqaffaqiyatsizlikka qaramay, o'zingizga bo'lgan ishonchni yo'qotmagansiz?

- Ruhiy holat sportchi uchun birinchi o'rinda turadi. Sportchi o'zini-o'zi tayyorlay bilishi kerak, undan so'ng texnik taraflarga etibor bersa bo'ladi. Axir aytishadi-ku, foydasizlikning o'zi ham foydadir. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarib, xato-kamchilik ustida ishlash lozim. Asosiysi, ruhan cho'kib qolmaslik. 



- Tokioga licenziya yutish imkoniyatlaringiz qanaqa?

- Oldinda 3ta musobaqamiz bor. Bu degani 300 ball o'ynaladi. Bundan tashqari, may oyida Franciya poytaxti Parijda o'tadigan o'tish bosqichi (kvalifikaciya) bahslari bor. Bu bosqichda yuqori uch o'rinni egallaganlar Tokioga yo'l olishadi.


- Eronlik murabbiy SHaxab Soltanining O'zbekistonlik murabbiylardan farqi?

- Murabbiylar o'rtasida deyarli farq bo'lmaydi. Uning falsafasi, yo'nalishida farq bo'lishi mumkin. Sensey (karatechilar murabbiyni shunday deb chaqirishadi)ning o'z taktik rejalari mavjud. Tajribasi juda kata, 25 yil davomida o'z yurti terma jamoasini boshqargan. Yuqori intellektga ega, sportchilar bilan juda ko'p ishlagan. Bizga o'zimizga ishonishimiz kerakligini har doim takidlaydi. Aytilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishimizni uqtiradi. 

Biz 3 xil bosqichda mashg'ulot olib boryapmiz. Birinchisi, fitness mashqlar. Ikkinchisi, qattiq jismoniy tayyorgarlik. Uchinchisi, texnik va taktik ishlanmalar. 


- O'z vazn toifangizda O'zbekistonda eng kuchlisi hisoblanasiz. Sparring-raqiblar sizga mos bo'lishi kerak. Bu ham sizga o'z tasirini o'tkazmayaptimi? 

- Agar mashg'ulot jarayonlaridagi holat rasmiy musobaqalarga ko'chsa, sportchi yutuqqa erishadi. Men har doim tatamiga chiqqanda raqibni emas, avvalambor, o'zimni engish uchun harakat qilaman. Raqibni o'rgangan holda, avval uni kuzatib, shunga qarab jang qilaman. Kuchli va kuchsiz raqib atamalari men uchun mavjud emas.


- Qiyinchiliklar oldida engilmasdan, sizni maqsad sari oldinga undab turuvchi kuch nima?

- Avvalo, inson o'zini hurmat qilishi kerak. Men shuncha yo'lni bosib o'tdim. “Nima uchun?”- degan savol tug'iladi. Qiynalishim mumkin, ruhan sinishim mumkin. Bu yo'lda vaqt menga yordam beradi. Vaqt o'tishi bilan o'z holatimni tiklayman. Yarim yo'lga kelib, yarim yo'lni tashlab ketganlar hozir hech kim emas, bu hayotda hech narsaga erishmagan. Bunda ular faqat o'zlarini aybdor his qilishadi. Men unday insonlar toifasiga kirmayman. Oxiri qanday bo'lishi qiziq emas, oxirigacha borish qiziq. 



- Sportdan tashqari vaqtlaringizni nimalar bilan o'tkazish sizga qiziqroq? 

- Sport – bu hayot emas, bu bir yo'nalish, qiziqish desak xato bo'lmaydi. Sport tufayli ilmiy salohiyatimni oshira olmaganman. SHuning uchun badiiy kitob o'qishga, notiqlik sanatimni rivojlantirishga va tariximizni o'rganishga harakat qilaman. Yana ko'chada sayr qilishni xush ko'raman, Bo'sh vaqtlarimda iloji boricha, madaniy xordiq olishga harakat qilaman.


- Sportda muvaffaqiyatga erishishda ota-ona mehri qanchalik muhim?

- Avvalo, sportchi uchun ota-onaning ishonchi juda muhim.  CHunki, umidsizlikka tushganingizda birinchi bo'lib, boshingizni silaydiganlar – aynan ota-onangiz bo'ladi. Umuman hayotning o'zida – har bir harakatingizda, ota-onaning mehri va ishonchini his etib yashash yuksak tuyg'u.


- Oldingizga qo'ygan buyuk maqsadingiz? 

- Har bitta sportchining menimcha, eng oliy maqsadi – Olimpiadada ishtirok etish va unda g'olib bo'lish bo'lsa kerak. SHular qatorida menda ham shunday. Qolaversa, kattalar o'rtasida jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lish eng katta niyatlarimdan biri. 


SHerzod Nurmatov va Maruf Abdumalikov suhbatlashishdi


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing