So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

28 apr 16:17
Yangiliklar

Qilichbozlik

Intervyu. Saidjon Abdullaev Buxorodagi qilichbozlik, "SHarq marvaridi" va boshqalar haqida

Toshkentda qilichbozlik bo'yicha "Olimpiya umidlari" turniri yakuniga etdi.


Mazkur turnirda Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Bu albatta muxlislar va qatnashchilar etiboridan chetda qolgani yo'q. SHu munosabat bilan, biz O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining Buxoro viloyati bo'limi raisi Saidjon aka Abdullaev bilan suhbatlashishga qaror qildik.

Intervyu davomida ushbu mutaxassis viloyatda qilichbozlik sport turini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sharoitlar va yana ananaviy tashkil qilinadigan "SHarq marvaridi" turniri haqida gapirib berdi.


"Olimpiya umidlari" haqida

"Bu yildan etiboran kadetlar o'rtasida ham ichki musobaqalar o'tkazila boshlandi. Bu juda yaxshi. CHunki, ular bizning kelajagimiz. Ularni kichikligidan tarbiyalab borish lozim. Avval, faqat yoshlar o'rtasida o'tkazilardi. 19 yoshgacha bo'lgan sportchilar bilan 10-12 yoshli bolakaylar ham jangga chiqardi. Endi yangi tizim kiritildi va bu juda yaxshi bo'ldi. CHunki, o'zidan katta raqibga yutqazib qo'yib, ruxan tushib qoladiganlar ko'plab topilardi.

SHaxsan Buxorodan tashrif buyurgan sportchilar haqida gapiradigan bo'lsak, "Olimpiya umidlari"ga 2004 va undan keyin tavallud topgan sportchilarni olib kelganmiz. Biz uchun muhimi natija emas. Ushbu avlodni ikki yil keyin bo'lib o'tadigan kattalar o'rtasidagi turnirlarga tayyorlamoqdamiz. Bu borada ruxiy va jismoniy tayyorgarliklar olib borildi. Bu taktika. Umid qilamanki, bu o'z natijasini beradi.

Buxorodan "Olimpiya umidlari"ga 14 nafar sportchi tashrif buyurdi. Qizlarimiz turnirda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritdilar. Ularni yoshligini hisobga oladigan bo'lsak, bu yomon natija emas. 2001 yilda tavallud topgan qizimiz Zuboydulloeva Marjona so'nggi paytlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U 1998 yillar o'rtasida o'tkazilgan turnirda to'rt marotaba birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.


Qilichbozlikni rivojlantirish borasida Buxoroda nima ishlar qilinmoqda?

Albatta biz uchun natija birinchi o'rinda emas. Biz uzoqni o'ylayapmiz. Janglarni videotasvirga tushirib, ularni tahlil qilamiz. Kamchiliklar o'rganib chiqiladi. SHuningdek, hakamlik amaliyoti o'rgatiladi. Francuz tilida o'rgatiladi.

Yana katta turnirlar - jahon chempionati, Olimpiada bahslarida bo'lib o'tgan katta janglarni master-klass sifatida yoshlarimizga namoyish etamiz va ularni tahlil qilamiz.

Ayni paytda bizda 7 nafar murabbiy bor. Qilichbozlik borasidagi ilk qadamlarni aynan murabbiylarni tayyorlashdan boshlaganmiz. Bolalar soni ko'p. Invertardan muammolarimiz yo'q. Bu borada federaciyadan ham etibor qaratilmoqda. Etibor bo'lgan joyda albatta o'sish bo'ladi.



(Viloyat qilichbozlik bo'limi o'zining alohida sayti, logotipi va mana shunday libosiga ega. Qoyil qolish kerak!)



(Buxorolik murabbiylar va SHerali Nosirov)


"SHarq marvaridi" turniri haqida

O'tgan yili "SHarq marvaridi" nomli xalqaro turnir o'tkazdik. Mazkur musobaqani ananaviy tarzda o'tkazishni yo'lga qo'ymoqchimiz. O'tgan yilni turnirda Qozog'istondan to'rtta jamoa tashrif buyurgandi. Bu yil 6 ta mamakatdan vakillar taklif qilishni rejalashtirmoqdamiz.

Bilasiz, Buxoro turistlar uchun ham qiziq shahar hisoblanadi. Turnirdan tashqari, biz federaciya hisobidan ishtirokchilar uchun shahrimiz bo'ylab sayohat tashkil qilib bermoqchimiz. SHuni ishonch bilan aytishim mumkinki, turnir yuqori saviyada tashkil qilinadi. Ularni kutib olish, joylashtirish... Barchasi juda yaxshi bo'ldi.

Turnirni oktyabr oylarida o'tkazishni mo'ljallamoqdamiz. Aslida, "SHarq marvaridi"ni iyun oyida o'tkazmoqchi edik. Biroq, o'sha vaqtda O'zbekiston juda issiq bo'ladi. SHu tomonlarni ham hisobga olgan holda, mehmonlarda yomon taassurotlar qoldirmaslik maqsadida turnirni biroz salqinroqda tashkil qilishga qaror qildik.



SHuningdek, Buxoroda qilibozlikning rivojlanishi borasida alohida film tayyorlamoqdamiz. Hullas, bu borada rejalarimiz ulkan. Maqsadimiz, O'zbekistonni shu tomonlama ham dunyoga tanitish. O'zbekistonlik qilichbozlarni ham dunyoda yaxshi tanib olishlarini istaymiz.

Bu yil O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining Buxoro viloyati bo'limi tashkil qilinganiga 10 yil to'ladi. SHu sababdan ham mazkur turnirni katta miqyoda, yuqori saviyada tashkil qilamiz. Bu borada imkoniyatlarimiz ham, tajribalarimiz ham etarli".


P.S. Saidjon Abdullaev bilan suhbatlashib, u insonning o'z sohasi fidoiylaridan biri ekanligiga amin bo'ldik. Mutaxasissning rejalari ulkan. Aynan shunday insonlar sabab ham mamlakatimizda qilichbozlik sporti ommalashmoqda. Suhbatimiz yakunida Saidjon aka saytimiz hodimlarini "SHarq marvaridi" turniriga taklif qildilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing