So’nggi yangiliklar

23:31Маҳмуд Мурадов янги промоушен билан шартнома имзолади + ПОСТEР 0 20:50"Назаримда, мен миллардга яқинлашяпман" - Конор UFC'даги фаолиятидан қанча пул ишлаб топган? 0 20:29Волкановски: "Кейинги жангим камар учун бўлади" 0 20:08"Манчестер Сити"ни чемпионга айлантирган дарвозабон шартномани узайтирди 0 19:47Нима? Флойд Мейвезернинг хотираси йўқолмоқда! Унинг соғлиғи билан боғлиқ жиддий муаммолар пайдо бўлди 0 19:26Синхрон сузувчиларимиз БРИКС ўйинларида қатнашади. Таркиб маълум 0 19:05Жаҳон чемпиони, депутат Георгий Зантарая дзюдочиларимизни йўқлаб келибди + ФОТО 0 18:44Франция терма жамоаси аъзоси фаолиятини Саудияда давом эттиришга яқин 0 18:23Тошкент туманида каратэ WKF бўйича "Keles Open" халқаро турнири ўтказилади 0 18:02Махачев нима учун Царукян ҳар доим у ҳақида гапиришининг сабабини айтди 0 17:41Майк Тайсон рингга чиқмаган тақдирда, Жейк Пол билан ким жанг қилиши маълум бўлди 0 17:20Мбаппе туфайли Холанднинг "Реал"га трансфери амалга ошмаслиги мумкин 0 16:59Гандбол. Ўзбекистон U-20 қизлар терма жамоасининг Жаҳон чемпионатидаги рақиблари маълум 0 16:38Исроил Мадримов: "Оғир меҳнат бошланди" + ФОТО 0 16:17"Ҳумо" Қозоғистон чемпионатининг ўтган мавсумдаги тўпурари ва яна тўрт хоккейчини ўз сафига қўшиб олди 0

06 dek 15:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Irlandiya, bu sizning prezidentingiz. Makgregor butun mamlakatni boshqarmoqchi!

Teglar :  Konor Makgregor
Ko'plab mashhur sportchilar siyosiy maydonda yuksak marralarni zabt etadilar.

Sayyoramizda Konor Makgregordan ham ko'proq etibor markazida bo'lgan MMA jangchisini tasavvur qilish qiyin. Irlandiyalik garchi uzoq vaqtdan beri oktagonda ko'rinish bermayotgan bo'lsada, juda tez-tez o'zini diqqat markazida ko'radi, hammani o'ziga qaratadi va asosiy malumot manbaiga aylanadi. Va endi Konor o'z faoliyat turini butunlay o'zgartirmoqchi. Ko'rinishidan, Irlandiyadagi voqealar Konorni siyosat haqida o'ylashga majbur qilgan. Bundan tashqari, Makgregor darhol prezidentlikka davogarlik qildi, u bundan kamrog'iga rozi bo'lmaydi.

Konor o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi post joylashtirdi, u erda oq kostyumdagi suratini chop etdi. Va u suratga juda noaniq tarzda izoh qoldirdi: «Irlandiya, sizning prezidentingiz».

Makgregor yaqinda Irlandiyaning amaldagi hukumati o'z vazifalarini bajarmayotgani haqida gapirdi. U hatto mavjud muammolarni hal qilishga imkon berishlarini so'radi. Endi esa Konor chindan ham prezidentlikka nomzodini qo'yishiga shama qilmoqda. Va, agar xohlasa, bu lavozimni osongina egallashi mumkin degan taxmin bor. CHunki Irlandiyada Konordan mashhurroq va sevimliroq odamni topa olmaysiz.

Takidlash joizki, Konorda juda ko'p ijobiy misollar mavjud. Ko'pgina sportchilar o'zlarining professional faoliyatini tugatgandan so'ng, siyosatga kirishadilar, u erda o'zlarini juda qulay his qilishadi. Yorqin misol - Jorj Vea. Faoliyati davomida afsonaviy futbolchi top-klublarda o'ynagan: »Milan«, »CHelsi«, »Manchester Siti«. U hatto »Oltin to'p"ni ham qo'lga kiritdi, bu Liberiya uchun haqiqiy mo'jiza bo'ldi. Faoliyatini tugatgandan so'ng Vea ikki marta prezidentlikka davogarlik qildi. Birinchi urinish muvaffaqiyatsiz tugadi, ammo ikkinchi urinish bilan Jorj o'z maqsadiga erishdi.

Jang sanatlari dunyosida ham misollar bor. Eng taniqlisi - Menni Pakyao. Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni siyosat bilan faol shug'ullanib, 2022 yilda Filippinda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida ishtirok etgan. To'g'ri, birinchi urinishdayoq u davlat rahbari bo'la olmadi. Ammo Menni taslim bo'lib, to'xtab qolmadi. Aksincha, mag'lubiyat Pakyaoga turtki bo'ldi va o'zini yana ham ko'proq ko'rsatishiga imkon berdi. Endi u ijtimoiy faoliyat bilan shug'ullanib, xalq oldida o'z reytingini oshirishga harakat qilmoqda. U hatto Filippin uchun yana bir bor qahramon bo'lish maqsadida 2024 yilda Parijdagi Olimpiya o'yinlariga bormoqchi.

Konor - sayyoradagi eng mashhur jangchi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni umuman boshqa daraja. Irlandiyada Konor haqida bilmaydigan odam yo'q. Makgregor o'z nomidan foydalanib, prezidentlik saylovlarida har qanday raqibni mag'lub etishga qodir ekanini juda yaxshi tushunadi. Uning istedodi muxlislari tomonidan etarli darajada qo'llab-quvvatlanadi.

Masala shundaki, Konor o'z dasturini tayyorlashi, odamlarga vaziyat va butun mamlakat rivojlanishi haqidagi tasavvurini etkazishi kerak. SHuningdek, munozaralarda qatnashish uchun yolg'iz tresh-toking qila olmaydi. Makgregor Irlandiyadagi prezidentlik saylovlarida qatnashishi mumkin, u bu poygada albatta adashib qolmaydi va etarlicha ovoz to'playdi. Agar haqiqatan ham masalaga masuliyat bilan yondashsa, jamiyat manfaati uchun ishlasa, mamlakat taraqqiyoti dasturini taqdim eta olsa, ehtimol, Konor Veaning yo'lidan boradi.


Xorijiy saytlar asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing