So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

08 fev 17:03
Yangiliklar

Tennis

Iroda To'laganova - O'zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi

Bugun, 8 fevral kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston tennis federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, O'zbekiston tennis federaciyasi mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Konferenciya kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala federaciyaga bosh kotib saylashdan iborat edi. SHuni inobatga olgan holda yig'ilish ishtirokchilarga o'zbek tennisining yorqin vakillaridan biri, bugungi kunda O'zbekiston ayollar terma jamoasi sardori sifatida faoliyat olib borayotgan Iroda To'laganova nomzodi ilgari surildi. Yig'ilish ishtirokchilari bir ovozdan ko'rsatilgan nomzodni qo'llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, Iroda To'laganova O'zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi lavozimiga saylandi.

"Avvalambor bildirilgan ishonch uchun minnatchilik bildirmoqchiman. Federaciyamiz raisi, bosh kotibiga ham rahmat. Aynan ularning qo'l ostida men Iroda To'laganova sifatida tanilganman. Bungacha ular tomonidan katta hajmdagi ish olib borilgan. Menga ishonganingiz uchun rahmat. Federaciyamiz rivojlanishi uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilaman", - dedi Iroda To'laganova.


Malumot uchun, Iroda To'laganova 1982 yilning 7 yanvarida tavallud topgan. Tennischilik faoliyati davomida yakkalik bahslarida 3 ta WTA, 3 ta ITF turnirlarida g'alaba qozongan. Jahon reytingida 16-o'ringacha ko'tarilgan. "O'zbekiston iftihori" faxriy unvoni, "SHuhrat" medali sohibasi.

Konferenciya davomida bungacha federaciyada 20 yildan ortiq vaqt davomida bosh kotib sifatida faoliyat olib borgan Igor SHepelevga minnatdorchilik bildirildi va o'zbek tennisi rivoji yo'lida amalga oshirgan ishlari alohida qayd etildi. SHuning bilan O'zbekiston tennis federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi yakuniga etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing