So’nggi yangiliklar

09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0

16 mar 09:00
Yangiliklar

Regbi

Ishchi guruh sport federaciyalari faoliyatini o'rganishda davom etadi

Teglar :  Regbi
Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddi xodimlaridan iborat Ishchi guruh mamlakatimizdagi sport federaciya va associaciyalari faoliyatini o'rganib chiqmoqda.

O'rganish navbati O'zbekiston regbi federaciyasiga etib keldi.

SHu maqsadda Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, vazir o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov hamda vazirlik masul xodimlari O'zbekiston regbi federaciyasida bo'lib, mamlakatimizda regbi sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida regbi federaciyasi rahbariyati bilan Toshkent shahri va viloyatlarda regbi sport turining rivojlanishi, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, murabbiylar va hakamlar tarkibining malakasini oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun selekciya jarayonini yana-da kuchaytirish hamda yuksak natijalarga erishish uchun professional sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

SHuningdek, federaciya 2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan XIX yozgi Osiyo o'yinlariga sportchilarni puxta tayyorlash maqsadida terma jamoalarning mashg'ulotlar jarayonini takomillashtirish rejalarini ham taqdim etdi.

Uchrashuv yakunlarini sarhisob qilar ekan, Ishchi guruh azolari O'zbekistonda regbi sport turini yana-da rivojlantirish, federaciya faoliyatini qo'llab-quvvatlash yuzasidan o'z takliflarini bildirdi hamda yuzaga kelayotgan muammolarni o'z vaqtida hal etish borasida yaqin hamkorlik rejalarini belgilab olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing