So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

12 avg 08:45
Yangiliklar

Sport kurashlari, Gimnastika, Engil atletika, Gandbol

Islom birdamligi o'yinlaridagi medallarimiz soni 39 taga etdi, 11 tasi oltin + FOTO

Turkiyaning qadim Konya shahri mezbonlik qilayotgan V Islom birdamligi o'yinlarining kechagi kun bahslari O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli va barakali keldi.

Kechagi kungi bellashuvlarda sportchilarimiz jami 16 ta medal qo'lga kiritishdi. SHundan 6 tasi oltin, 4 tasi kumush, 6 tasi bronza medallaridir. Taekvondochimiz SHuhrat Salaev, erkin kurashchimiz Jahongirmirzo Turobov, balandlik sakrash sektorida 1.97 sm natija qayd etgan Safina Sadullaeva, bosqon uloqtiruvchimiz SHuhrat Xo'jaev, para engil atletika sport turining balandlikka sakrash bahslarida Omadbek Hasanov (1.90 sm) hamda velosportchimiz Olga Zabelinskaya kechagi bellashuvlarda O'zbekiston sport delegaciyasiga eng yuqori probali medalni taqdim etishdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi bugungi kun bahslari oldidan 56 davlat ishtirok etayotgan musobaqada 11 ta oltin, 10 ta kumush, 18 ta bronza, jami 39 ta medal bilan umumjamoa hisobida 3-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Turkiya terma jamoasi hamon katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Mezbonlar 34 ta oltin, 30 ta kumush, 25 ta bronza, jami 89 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishdi. Eron 15 ta oltin, 14 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan 2-o'rinda bormoqda. O'zbekiston kuchli uchlikka yakun yasagan bo'lsa, Ozarbayjon 7 ta oltin, 10 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan 4-o'rinni band etgan. Hisobida 6 ta oltin, 4 ta kumush, 15 ta bronza medali bo'lgan Qozog'iston 3-o'rindan 6-pog'onaga tushib ketdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing