So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

18 may 14:10
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Islom birdamlik musobaqasi Tokio Olimpiadasi bilan to'qnashmaslik uchun qoldirildi

Malumki, har 4 yilda aholisining asosiy qismi Islom diniga etiqod qiladigan mamlakat vakillari o'rtasida Islom birdamlik o'yinlari ham o'tkazib kelinadi.

2021 yil Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilishi ko'zda tutilgan mazkur kompleks musobaqa ham nomalum muddatga qoldirildi.

Bu haqida Islom birdamligi sport federaciyasining (ISSF) Ijroiya qo'mitasi malum qilmoqda. Bunga sabab esa musobaqaning Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qolmasligining oldini olish. Rejaga ko'ra, mazkur musobaqa 20-29 avgust kunlari bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan edi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari 23 iyul – 8 avgust, Paralimpiya o'yinlari esa 24 avgust – 5 sentyabr kunlariga o'zgartirilgan edi. So'nggi bor Islom birdamlik o'yinlari 2017 yil Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkazilgan va unda delegaciyamiz 15 ta oltin, 17 ta kumush hamda 31 ta bronza medallariga sazovor bo'lgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing