So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

15 noy 13:27
Yangiliklar

Sambo

Istam Qudratov: "-71 kg vaznda birinchi marta jang qilishim"

Teglar :  Istam Qudratov
Sambo bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Jangovor sambo bo'yicha  -71 kg vazn toifasida terma jamoamizga bronza medalini taqdim etgan Istam Qudratov taqdirlash marosimidan so'ng ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

“CHempionatdagi barcha raqiblarim juda ham kuchli edi. Ularning har biri jahon chempionatiga puxta tayyorlanib kelgani sezildi. -71 kg vazn toifasida birinchi marta jang qilishim, shuning uchun ham bahslar men uchun juda qiyin kechdi. O'z uyingda hatto devorlar ham yordam beradi, degan gap bor. Lekin buning o'ziga yarasha bosimi ham bo'ladi, albatta. Mashg'ulotlar har doimgidek alo darajada bo'ldi. Ammo men o'z ishtirokimdan qoniqmadim, negaki, oldimga qo'ygan maqsadim oltin medal edi. Alloh menga shu darajani munosib ko'rgan ekan, albatta, buni xursandchilik bilan qarshi olaman. O'zbekiston sambo terma jamoasi chempionatga yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Mazkur musobaqa terma jamoamiz uchun omadli keldi desam adashmagan bo'laman. Meni qo'llab turgan hammaga rahmat. O'zbekiston sambo associaciyasi hamda ota-onamga alohida minnatdorchilik bildiraman", - dedi Qudratov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing