So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

21 may 18:52
Yangiliklar

Bolalar sporti

Istedodlar kamol topayotgan maskanlar

Sport bilan oshno bo'lish, sport orqali muvaffaqiyatlarga erishish insonda sabr-toqat, metin irodani talab etadi.

Agar tanlangan sport turi mashaqqatni talab etsa, yanayam murakkab. Lekin mashaqqatlardan cho'chimay, murabbiy ko'rsatmasiga so'zsiz amal qilib, maqsad-marra sari dadil qadam tashlagan o'g'il-qizlarga rosti, tasanno aytib, havas qilsang arziydi.

Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida talim-tarbiya olayotgan o'g'il-qizlarning har birida hoxish-istak bor, har biri zo'r sportchi bo'lish va yurtni sport orqali ulug'lashni niyat qilgan. 

SHunday orzu-niyatlarda o'quvchilar maktab-internatida mavjud boks, dzyudo, karate, yunon-rum kurashi, taekvondo (WTF), badiiy gimnastika, voleybol, engil atletika, og'ir atletika, suzish, sambo, tennis, erkin kurash, futbol, velosport, kurash, turon sport turlari bo'yicha 67 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida muntazam mashg'ulotlarga kirishgan. 

Maktab-internatida yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, mashg'ulotlarga zo'r berayotgan sportchi-o'quvchilar mamlakatmiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etib, shoda-shoda medallarga ega bo'layotganiga nima deysiz? 

Birgina o'tgan 2018 yil misolida oladigan bo'lsak, jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar, respublika birinchiliklarida 143 ta oltin, 117 ta kumush va 105 ta bronza medallari jamg'arilgan. 

2019 yilning aprel oyiga qadar og'ir atletikachilar jahon chempionatida 4 ta oltin, 2 ta kumush, dzyudochilar osiyo kubogi bellashuvlarida 2 ta kumush va 1 ta bronzaga erishgan. Xalqaro turnirlarda ham yosh dzyudo ustalari 1 ta oltin va 1 ta bronza olishgan. 

CHarm qo'lqop egalari bokschilar esa, xalqaro turnirda 1 ta kumush va bronza meddalarini egallashga muvaffaq bo'lgan. Karate yo'nalishida tahsil olayotgan sportchi-o'quvchilar ham xalqaro turnirda 4 ta oltin, 2 ta kumush medallarini o'zlariniki qilishgan. Turon, sambo, engil atletika, kurash, taekvondo bilan shug'ullanayotgan yosh sportchilar  O'zbekiston chempionati, kubok va birinchiliklarida kuchlilar qatorida bo'lishib, bir qator oltin va kumush medallar ga sazovor bo'lishgan. 

Bu hali joriy yilning to'rt oyidagi natijalar. Yil oxiriga qadar musobaqalar davom etadi. Medallar ham to'plangan sari shoda-shoda bo'laveradi. Rahmonjon Itolmasov (engil atletika), Azizbek Tohirov (kurash), Nigora Abdullaeva, Tursunoy Jabborova (og'ir atletika), Azizbek Tojiev (boks), Qurbon Normurodov (turon), Ozod SHerqulov (sambo), Bonu Egamberdieva (karate), Elnur G'uzorov singari iqtidorli o'quvchilarning 50 nafarga yaqini mamlakat terma jamoalari azolari, 15 nafari esa nomzod sportchilar sanalishadi. 

Normahmat JALILOV, Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori: 

- Maktab-internatimizda hali qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko'p. Asosan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi PQ-2821-sonli “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida”gi Qarori ijrosini taminlash maqsadida “Ishchi dasturi” ishlab chiqqanmiz va mazkur eng nufuzli musobaqada ishtirok etishi mo'ljallangan sporchi-o'quvchilarimiz tayyorgarligini yanada yaxshilash, kerakli shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan ustuvor vazifalar aniq  belgilab olingan. Sportchilarni jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida o'quv-yig'in mashg'ulotlari tashkil etilmoqda. 

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-sonli  “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori, 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-qo'vvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida gi PQ-4063-sonli Qarori ijrolarini taminash yuzasidan ham bir qator ishlar yo'lga qo'yildi. 

Maktab-internatimizda ishchi-xodimlar va o'quvchilar ishtirokidagi ommaviy badantarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib, ijrosi taminlanishi natijasida barcha birdek, badantarbiya mashg'ulotlarida faol ishtirok etishmoqda. 

Yana bir muhim ishlarimizdan biri Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbusni o'quvchilarimiz orasida keng targ'ibot-tashqivot qilish va bu boradagi ishlarga alohida ahamiyat qaratiladi. 

Bir so'z bilan aytganda, maqsadimiz-yoshlarimizni jismoniy tarbiya va sportga yanada keng jalb etish, eng iqtidorli, sportda irodasi mustahkam o'g'il-qizlarni tarbiyalab,  O'zbekiston milliy terma jamoalari safiga etkazib berish va jahon va osiyo chempionatlarida, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Olimpiada o'yinlarida  muvaffaqiyatlarga erishishi orqali YURTlarini ulug'layotganlar qatorida turishi bo'ladi.

Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport bo'limi bosh uslubchisi Mansur YUSUPOV, Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing