So’nggi yangiliklar

19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0 17:55Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади 0 17:32Нурсултон Рўзибоев қачон фаолиятини якунлашини айтди 1 17:10Дэвис кубоги. Ўзбекистон терма жамоасининг навбатдаги рақиби маълум бўлди. Тошкентда яна теннис байрами бўлади! 0 16:48Макс Холлоуэй Жастин Гэтжи уни нокдаунга туширганини тан олди 0 16:25ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари 0 16:03Пара енгил атлетика бўйича Ўзбекистон чемпионатида рекорд даражада спортчи иштирок этмоқда 0 15:42АҚШдаги ҳамюртимиз Фирдавс Ҳасановнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси маълум + ПОСТЕР 0 15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0

13 noy 19:22
Yangiliklar

Boks/MMA, Fotogalereya

Jahon boksi yulduzlari Toshkentda WBC tashkilotining 61-konvenciyasida jam bo'ldi FOTOGALEREYA

Poytaxtimiz Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning 61-konvenciyasiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun kurai zaminimizning yuzdan ziyod davlati vakillari, dunyoga mashhur bokschilar, taniqli promouterlar, bir so'z bilan aytganda jahon professional boks ommasi qatnashayotgan Konvenciyaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Achilboy Ramatov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi hamda mamlakat professional boks federaciyasi vasiylik kengashi raisi Qudratilla Rafiqov, federaciya raisining birinchi o'rinbosari G'ofur Rahimov, WBC prezidenti Maurisio Suleyman va boshqa rasmiylar ishtirok etdi. 

Achilbay Ramatov tadbir avvalida so'z olib, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan sog'lom turmush tarzi, xususan, sportga qaratilayotgan ulkan etibor xususida to'xtaldi. Bokschilarimizning xalqaro maydonda qayd etayotgan yutuqlarini alohida etirof etdi va tadbirni rasman ochiq deb elon qildi. 

O'z o'rnida, Maurisio Suleyman mamlakatimiz ushbu yirik sport tadbiriga yuqori saviyada hozirlik ko'rgani, professional bokschilarimizning jahon ringlarida aytishga arzigulik g'alabalarga erishayotgani haqida gapirdi.

Ochilish marosimida O'zbekiston professional boks federaciyasi tomonidan o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar sarhisobiga bag'ishlangan videolavha namoyish etildi. SHuningdek, WBC tarixiga oid hujjatli film ko'pchilikning diqqat markazida bo'ldi. G'ofur Rahimov WBC oliy ijroiya qo'mitasi azoligiga qabul qilindi.  

Tadbirda WBC prezidenti A.Ramatov va G'.Rahimovga uzoq yillik hamkorlik hamda mazkur konvenciyani yuqori saviyada tashkil etishdagi yordami uchun tashkilotning esdalik sovg'alarini taqdim qildi. SHuningdek, o'zbek boksi yulduzlariga ham maxsus medallar topshirildi.

O'zbekiston professional boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing