So’nggi yangiliklar

00:07Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради 0 23:50Жаҳонгир Жумаев таниқли UFC собиқ жангчисини илк раунддаёқ нокаутга учратди! 0 23:20Жангига Ўзбекистонда тайёрланган Сергей Ковалёв Фьюри-Усик кардида рингга чиқди 0 23:10Тайсон Фьюри Александр Усикга қарши! ОНЛАЙН 2 20:12Моҳигул Ҳамдамова делегациямизга навбатдаги кумуш медални қўшиб қўйди 0 19:51"Реал" "Ливерпуль"нинг 70 млн евролик футболчисини сотиб олиши мумкин 0 19:30Усик Фьюрига: "Қўрқма!" 0 19:09Парижда ўтган Bellator турнирининг марказий жанги ғолибини ҳакамлар аниқлаб беришди 0 18:48Камару Усман Хамзат Чимаев ҳақидаги танқидларга муносабат билдирди 0 18:27"Челси" 17 ёшли футболчи учун 65 млн. евро бермоқчи 0 18:06Исроил Мадримов ва Шаҳрам Ғиёсов машғулотларнинг илк босқичини якунлади, кейинги манзил АҚШ + ФОТО 0 17:45Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 58 турнирида жанг қилди 0 17:24Ҳавасбек Асадуллаев Қозоғистон таркибига ўтган терма жамоамиз собиқ боксчиси билан жанг қилди 0 17:03АПЛда "Мавсум футболчиси" соврини ғолиби аниқланди 0 16:42Рэпер Дрейк Тайсон Фьюрининг ғалабасига катта пул тикди 0

24 noy 16:00
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi malum

25-28 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Hisob bo'yicha o'n to'rtinchi jahon chempionatida dunyoning 53 davlatidan jami 243 nafar kurashchi gilamga chiqadi. Erkaklar 7, ayollar esa 8 vazn toifasida jami 15 ta medallar jamlanmasi uchun bahslarga kirishadi. Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi.  

Tabiiyki, kurash vatani hisoblangan O'zbekiston terma jamoasi dunyo birinchiligida to'liq tarkib bilan ishtirok etadi. O'tgan yili Hindistonning Puna shahri mezbonlik qilgan 13-Jahon chempionatida kurashchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashgandi. 


O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:

AYOLLAR

-48 kg: Ulbusin Hakimova

-52 kg: Hilola Ortiqboeva

-57 kg: Ibodatxon Agajanova 

-63 kg: Muxlisla Kadirberganova

-70 kg: Malikaxon Qahhorova

-78 kg: Filura Ergasheva

-87 kg: Pokizaxon Kamoliddinova

+87 kg: Marjona Ro'zieva

Bosh murabbiy: Dilfuza Rahmatova


ERKAKLAR

-60 kg: Abdulaziz Hamroev

-66 kg: CHori Zoirov

-73 kg: Hamidjon Haydarov

-81 kg: Umidjon Esanov

-90 kg: Erkin Qozoqov

-100 kg: Jamshid Mamatrahimov

+100 kg: Muhsin Hisomiddinov

Bosh murabbiy: Rizamat Soliev  

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing