So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

01 noy 21:58
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Eshkak eshish

Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning trenerlari mukofotlandi

Jahon chempionatlari sovrindorlari taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 25 noyabrdagi “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun O'zbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi PF-4056-son Farmoni hamda “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida” 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3196-son qaroriga asosan jahon chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlarning har biriga bir martalik pul mukofotlarini berish haqida”

2019 yil 29 oktyabrdagi 896-f-son farmoyish ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tadbir tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, mukofotlangan sportchi va murabbiylarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi A.Abduvohidov jahon arenalarida yuksak natijalar qayd etib kelayotgan sportchilarimizni mukofotlash to'g'risidagi Prezident farmoyishini o'qib eshittirdi.

Farmoyishga asosan sportning Olimpiya va paralimpiya turlari, jumladan joriy yil davomida parapauerlifting (2019 yil 12-20 iyul, Qozog'iston), eshkak eshish (2019 yil 21-25 avgust, Vengriya), dzyudo (2019 yil 25-31 avgust, Yaponiya), boks (2019 yil 6-22 sentyabr, Rossiya) hamda sport kurashlari (2019 yil 14-22 sentyabr, Qozog'iston) bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilarga hamda ularning trenerlariga bir marta to'lanadigan pul mukofotlari tantanali topshirildi.

Jalolov Bahodir Isomiddin o'g'li – boks bo'yicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Zoirov SHahobiddin SHokirovich – boks bo'yicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Mirzaxalilov Miraziz Mirzakarim o'g'li – boks bo'yicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Mirzaeva SHaxnoza SHokir qizi – eshkak eshish bo'yicha jahon chempioni, 12 000 AQSH dollari;

Vardanyan Aram Simonovich – yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Kuzieva Ro'za Rashidovna – parapauerlifting bo'yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Lutfullaev SHarofuddin Rustamovich – dzyudo bo'yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Ro'zmetov Dilshodbek Yusupbay o'g'li – boks bo'yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSH dollari;

Assakalov Rustam Sixatbievich – yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay o'g'li – yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Boturov Bobo-Usmon SHamsutdin o'g'li – boks bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Guliev Artur Marlenovich – eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Zokirova Nilufar Obidjon qizi – eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Mamadaliev Elyor Muhammadjonovich – eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Rahimov Hasanboy Ahmadjonovich – erkin kurash bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari;

Rahmatova Dilnoza Bakir qizi – eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSH dollari.

SHuningdek, ushbu sportchilarning trenerlari, jumladan, Kabinov Istam Ashurovich, Erkaev Bahodir Turg'unovich, Qilichev To'lqin Maxmurovich (barchasi boks), Karmeev Artyom Ravilevich (eshkak eshish) jahon chempionlarini tayyorlaganligi uchun 6 000 AQSH dollari, Qilichev Farrux Komilovich (boks), Siddiqov Isroil Ismoilovich (yunon-rum kurashi), To'raboev Bekzod Saitqulovich (dzyudo) hamda Umurzoqov Fazliddin Abdulboqievich (parapauerlifting) jahon chempionatlarining kumush medali sohiblariga ustozlik qilgani uchun 3 000 AQSH dollari, Ahmedov Burxon Bahromovich (boks), Ponomaryov Aleksandr Viktorovich (eshkak eshish), Mirzadiyorov Rustam Islomovich (eshkak eshish), Ro'ziqulov Ravshan Raxmatulloevich (yunon-rum kurashi) hamda Hikmatov Olimjon Azizovichlar (erkin kurash) esa jahon chempionatlarining bronza medali sohiblarini tarbiyalagani uchun 3 000 AQSH dollari miqdoridagi bir marotaba to'lanadigan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Biz ushbu mukofotlarga sazovor bo'lganligi bilan barcha sportchi hamda trenerlarni samimiy muborakbod etamiz hamda ulardan kelgusida yana ham ulkan g'alabalarni kutib qolamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing